Jamshid Iskanderov: "Haqiqatdan ham bunday gap-so'zlar bo'ldi
25 fev 07:25
Yangiliklar
Jamshid Iskanderov: "Haqiqatdan ham bunday gap-so'zlar bo'ldi
Tadbirda jamoa etakchisi Jamshid Iskanderov yangi murabbiy va qishda unga bo'lgan takliflar haqida fikr bildirdi.
- Bu yil yangi murabbiy ishlayapti. Uning qarashlari Levchenkodan farq qiladi. Mana shunga moslashib olishga taqvim "Neftchi"ga qulay keldimi?
Har bir murabbiyning o'zining uslubi, taktikasi bo'ladi. Biz professional futbolchilarmiz. Jamoaga qaysi murabbiy kelishidan qatiy nazar maydonga chiqib, kurashishimiz kerak. Biz murabbiyning ko'rsatmalarini bajarishimiz lozim deb o'ylayman. Xudoga shukur, barchasi yaxshi ketmoqda. Mashg'ulotda qattiq ishlamoqdamiz va umid qilamanki, chempionatda bu o'z so'zini aytadi.
- Qishda "Neftchi"dan ketishingiz haqida ko'p gaplar tarqaldi. Bu rostligi necha foiz?
Haqiqatdan ham bunday gap-so'zlar bo'ldi. Biroq men o'tgan yili "Nefchi" bilan 1+1 ko'rinishdagi shartnomaga imzo chekkandim. Jamoa rahbariyati bilan kelishgan holda jamoada qolishga qaror qildim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar