"Neftchi": Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTOGALEREYA
12 mar 2015 16:28
Yangiliklar

"Neftchi": Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTOGALEREYA
Bugun Farg'onaning "Neftchi" jamoasi FNQIZ Madaniyat saroyida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi.
Tadbir avvalida Madaniyat saroyi xonandalari tomonidan koncert dasturi taqdim etildi. Koncert yig'ilgan muxlislarga bir olam quvonch baxshida qildi.
SHundan so'ng "Neftchi"ni Turkiyadagi yig'in doirasida o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarini jamlanmasi video rolik holida muxlislarga taqdim etildi. Bu video rolikdan yig'ilganlar bir olam taassurotlar oldilar.
So'ngra tadbirning asosiy qismi boshlandi. Tadbirni "Ruxsor" TRK boshlovchisi Xayrullo Yo'ldoshev olib bordi.
Tadbirda yangi o'yinchilarni tanishtirish uchun bir qancha mehmonlar tashrif buyurishdi. SHular qatoriga Farg'ona shahar hokimi, FNQIZ Kasaba qo'mitasi raisi, Farg'ona Futbol Federaciyasi vice-prezidentlari o'z tilaklari bilan qatnashdilar.
Dastlab "Neftchi'' klubi raisi Toxir Kapadze so'zga chiqib, yig'ilganlarni kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklab o'tdi. Jamoa bu yil yuqori o'rinlar uchun kurashishga tayyorligi haqidagi nutqi barchaga manzur bo'ldi.
Birin-ketin so'zga chiqqan mehmonlar mavsum jamoaga omadli kelishini tilab o'tdilar.
Tadbirning keyingi qismida yangi o'yinchilarga futbolkalar taqdim etildi.
Evgeniy CHeremesin - 30, Sergey Smorodin - 1, SHukurali Po'latov - 3, Baxtiyor Yoqubov - 6, Mansur Saidov - 7, Oybek Nurboyev - 4, Otabek Haydarov - 11, Zokirjon Nurmatov - 13, Kamron Kapadze - 24, Abbos Maxstaliev – 38-raqamli futbolkalarda to'p tepadigan bo'lishdi. Tadbir so'nggida klub rahbariyati va muxlislar o'rtasida savol-javob o'tkazildi.
Komiljon Ikromov
Farg'ona shahridan

Fikrlar