"Neftchi": Viloyat hokimligi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi
13 iyu 2014 15:06
Yangiliklar
"Neftchi": Viloyat hokimligi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi
Kuni kecha “Neftchi” FK qarorgohiga Farg'ona oliy majlis senatorlari tashrif buyurdi.
Viloyat hokimining topshirig'iga binoan kelgan senatorlar, klubda jamoa azolari bilan uchrashdi va “Lokomotiv” bilan bo'lajak o'yin oldidan ularga omad tiladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, viloyat hokimligi tomonidan klubga bo'lgan etibor yuqori. Klub qarorgohiga tashrif buyurgan martabali mehmonlar jamoa mashg'ulotlarini bevosita stadionda kuzatdi va futbolchilarga navbatdagi o'yin oldidan omad tilab, “Neftchi”ni yuqori o'rinlarni egallashi uchun amaliy yordam berishlarini bildirdi.
Bu esa o'z navbatida "Neftchi" azolariga ruhan dalda bo'ldi.

Fikrlar