“Neftchi” va “SHo'rtan” ayollar jamoasi ham badal pullaridan ozod etiladi
07 mar 2019 12:31
Yangiliklar


“Neftchi” va “SHo'rtan” ayollar jamoasi ham badal pullaridan ozod etiladi
Bir necha kun avval Professional futbol ligasi Superligada ishtirok etuvchi futbol klublarini ayollar jamoasi uchun to'lanadigan badal pullaridan ozod qilgandi.
Endi esa “Neftchi” va “SHo'rtan” ayollar jamoalari ham ayollar uchun badal puli to'lamaydigan bo'ldi.
CHunki ayollar o'rtasidagi chempionatda “Neftchi” 11-o'rinni qo'lga kiritgan, “SHo'rtan” esa 4-pog'ona bilan mavsumni yakunlagan. Yani, ular ligada o'z o'rinlarini saqlab qolishga erishgan. Biroq bu klublarning erkaklar jamoalari faoliyatini “A” Pro-ligasida davom ettiradi. SHunga qaramay, "SHo'rtan" va "Neftchi" ham ayollar jamoasining badal pullaridan ozod qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar