"Neftchi": Turkiya kundaligi (uchinchi kun)
17 fev 2014 22:27
Yangiliklar

"Neftchi": Turkiya kundaligi (uchinchi kun)
“Neftchi”ning Antaliyadagi hayoti haqida hikoya qilishni davom ettiramiz.
“Volin” o'rniga “Suvon”
Bugun ham jamoamiz ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Ertalabki mashg'ulot mahalliy vaqt bilan 9:30 (Toshkent vaqti bilan 12:30)da boshlandi. Murabbiylar asosan jismoniy tayyorgarlikka alohida etibor qaratishdi.
Aytgancha, jamoamiz rejasiga o'zgartirish kiritildi. Ertaga “Neftchi” Ukrainaning “Volin” jamoasi bilan emas, aksincha Janubiy Koreyaning “Suvon” klubiga qarshi bahs olib boradi. Malum bo'lishicha, ukrainaliklar so'nggi pallada rad javobini berishgan. Xabaringiz bor, bu jamoada bir paytlar terma jamoamiz hujumchisi Aleksandr Geynrix to'p tepgan.
“Suvon” o'tgan yili K-ligada beshinchi o'rinni olganligini ham qayd etib o'tish joiz.
Raqib haqida malumot:
Murabbiyi: So Junvon
Erishgan yutuqlari:
Janubiy Koreya chempioni (4): 1998, 1999, 2004, 2008.
Janubiy Koreya vice-chempioni (2): 1996, 2006.
Janubiy Koreya kubogi sohibi (3): 2002, 2009, 2010.
Janubiy Koreya Superkubogi sohibi(3): 1999, 2000, 2005.
Osiyo CHempionlar ligasi g'olibi(2): 2001, 2002.
Mazkur uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 20:00)da boshlanadi.
Futbolchilar qanday fikrda?
Turkiya yig'inida ishtirok etayotgan “Neftchi” futbolchilarining fikrlarini berib borishga qaror qildik.
Igor Petkovich: “Mashg'ulotlar qiziqarli tarzda o'tmoqda”
Yaqinda “Neftchi” safiga kelib qo'shilgan serbiyalik futbolchi Igor Petkovich bilan Turkiyadagi yig'in xususida quyidagilarni aytib o'tdi:
“Yig'in yaxshi o'tmoqda. Mashg'ulotlar har kuni qiziqarli tarzda o'tkazilmoqda. O'ylaymanki, bu erda qilgan harakatlarimiz chempionat davomida o'z samarasini beradi”.
- “Neftchi”ning mashg'ulotlari oldingi jamoangizdagi mashg'ulotlardan farq qilyaptimi?
- Albatta. SHuni unutmaslik lozimki, har bir murabbiyning o'z qarashi bor. SHunday ekan ularning ishlash jarayoni ham bir birinikidan farq qiladi.
- “Neftchi” bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?
- Farg'onaliklar bilan ikki yillik bitim tuzdim.
Otabek Zokirov: “Yig'in biz uchun juda foydali”
Ushbu yosh futbolchiga o'tgan yili “Neftchi” o'rinbosarlari safida sermahsullik borasida teng keladigani topilmagan edi. Otabek o'tgan yilni natijasini yaxshilash uchun mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilmoqda. 22 yoshli futbolchimiz ham Turkiyadagi yig'in haqida to'xtalib o'tdi.
“Mashg'ulotlar juda qiziqarli tarzda o'tkazilmoqda. Murabbiylar shtabi jismoniy va taktik bilimlarimizni oshirish yo'lida samarali mehnat qilishmoqda. O'zim ham o'tgan yilgi natijamni yaxshilash niyatida tinmay mehnat qilyapman. Futbolda mehnatsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi. Menimcha, bu yig'in chempionatni yaxshi natija bilan yakunlashga yordam beradi”.

Fikrlar