So’nggi yangiliklar

09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  0 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  4 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  6 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  13 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1

“Neftchi” Sardor Mirzaev hamda SHukurali Po'latovga oq yo'l tilaydi Yangiliklar

“Neftchi” Sardor Mirzaev hamda SHukurali Po'latovga oq yo'l tilaydi

Futbolda faoliyati mobaynida bir jamoa sharafini himoya qilgan o'yinchilar kamdan-kam uchraydi.
Kuni kecha ko'p yillar davomida “Neftchi” sharafini himoya qilishgan – Sardor Mirzaev hamda SHukurali Po'latovlar klub bilan xayrlashishdi. Ushbu o'zgarishlarni muxlislar turli xil qabul qilishmoqda.

“Neftchi” klubi o'zini boshqa joyda sinab ko'rmoqchi bo'lgan o'yinchilarni ushlab turmaydi!

Yuqoridagi futbolchilar nima uchun “Neftchi”ni tark etishganining sababini bilish maqsadida klub matbuot xizmati bu futbolchilar bilan bog'lanib ulardan qisqacha intervyu oldi.

Sardor Mirzaev: “Orzuim OCHLda o'ynash”

- Kutganimdek, “Neftchi” rahbariyati shartnoma uzaytirish taklifini bildirdi. Ammo mening maqsadim xalqaro musobaqalarda to'p surish. SHuning uchun o'zimni Osiyo CHempionlar ligasida o'ynaydigan klubda sinab ko'rishga qaror qildim. Rostini aytsam, klubdan ketishim oson bo'lgani yo'q.

Kezi kelganda, shuni aytishim joizki, mening shu darajaga etishimda klub murabbiylarining o'rni beqiyos.

Ayniqsa, Amet Abdullaevich jismoniy va taktika borasida o'sishimda muhim rol o'ynadi. Amet Memet kelgach, futbolga bo'lgan qarashlarim ham o'zgarib ketdi.  Ushbu mutaxassis har doim professional bo'lishga intiladi. Farg'onada olib borgan qisqa faoliyati davomida Amet Memet ko'p narsalarni o'zgartirib yubordi. Masalan, futbolchilarga raqib jamoa haqidagi videoyozuvlar ko'rsatilib, bo'lib o'tgan uchrashuvlar tahlil etilmoqda. Bu o'zgarishlar futbolchilarning o'zlariga katta yordam bermoqda. Ushbu mutaxassis bilan jamoa yangi mavsumda sovrinli o'rinlarni olishi mumkin.

SHukurali Po'latov: “Neftchi” men uchun qadrdon jamoa bo'lib qoladi”

- Klub rahbariyati menga yangi bitim taklif etganiga qaramay, uzoq o'ylanishlardan so'ng, rasman "Neftchi"ni tark etdim. Kecha bazaga borib, jamoa azolari bilan do'stona xayrlashdim. Niyatim kelasi yil o'zimni OCHL bahslarida sinab ko'rish. "Neftchi"da eng katta turnir men uchun bu - OFK Kubogi musobaqasi bo'ldi. Nasib etsa, endi OCHLda ham  o'ynaymoqchiman.

SHuni aytishim joizki, Amet Abdullaevichdan ham o'zim uchun ko'p narsalarni o'rgandim. Masalan, bir chiziqli himoyada o'ynash, taktika borasida tushuncham yanada boyidi. Jismoniy taraflama ham o'sishga erishdim. Buning natijasida Toshkent jamoalari meni o'z safiga chorladi.

Muxlislar jamoa almashtirganimni to'g'ri tushinishlarini istardim. Futbolda har doim ham pul muhim rol o'ynamaydi.

Bugun “Neftchi”ni tark etayotgan bo'lsam, qachondir yana shu klubga qaytib kelishim mumkin. Har qanday holatda ham “Neftchi” men uchun qadrdon jamoa bo'lib qoladi. Bunday baxtli damlar “Neftchi” bilan bog'liq bo'lganini hech qachon unutmayman.

 
O'z navbatida klub rahbariyati, murabbiylar shtabi  bu futbolchilarga “Neftchi”dagi  yorqin o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatlariga omad tilaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика