So’nggi yangiliklar

17:17Ўзбекистон терма жамоасининг Хитой билан учрашув учун таркиби эълон қилинди  0 17:04Мексикада футбол ўйини вақтида 11 нафар одам отиб ўлдирилди  0 16:38Касадо "Барселона"дан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди: "Мен ҳеч қачон таслим бўлмайман"  4 16:10Расман: Нурлан Ибраимов — "Локомотив" футболчиси  0 15:49Мартин Эдегор: "АПЛда ҳеч қачон осон бўлмайди"  1 15:27"Пахтакор" Косово жамоасига ютқазди  4 14:37ПСЖ собиқ футболчиси Индонезияда ўйнайди  0 14:04Рой Кин Майкл Кэррик МЮга мос келмайди деб ҳисоблайди: "Икки ўйинда ҳар ким ғалаба қозониши мумкин"  12 13:43Бугунги ўйинлар: “Ал Насср” уйда, АПЛда 23-турнинг охирги баҳси ва бошқалар  0 13:17"Арсенал" "Реал" ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  1 13:09Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  78 12:53Кэррик МЮнинг "Арсенал" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Сити"га қарши ўйин осонроқ ўтганди"  6 12:25Артета МЮ билан ўйиндаги аламли мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 11:58Брайан Мбеумо Робин ван Персининг натижасини такрорлади  3 11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  3

"Neftchi" rahbariyati muxlislar bilan uchrashdi Yangiliklar

"Neftchi" rahbariyati muxlislar bilan uchrashdi

Kecha, 28 fevral kuni "Neftchi"ning Qirgulidagi bazasida "Neftchi" vakillari va muxlislar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda 300 nafardan ortiq muxlislar, klub raisi Toxir Kapadze, bosh murabbiy Murodjon Ismoilov va "Istiqlol" o'yingohi direktori Ilhom Sobitov ishtirok etishdi. Muxlislar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Yig'ilishni klub raisi Toxir Kapadze ochib berdi: “Bu yilgi “Neftchi” o'tgan yilgisidan tubdan farq qiladi. 2015 yilni “Neftchi” boshqacha ishtiyoq bilan boshladi. Mavsumlar oralig'ida 17ta nazorat uchrashuvi o'tkazildi, 14 g'alaba, 2 durang va faqat bitta mag'lubiyat qayd etildi.. O'tgan yil bu ko'rsatkich umuman teskarisi edi.. Yana sizlarga bir gapni aytmoqchiman o'tgan yilgi murabbiy Murod Ismoilov bilan hozirgi Murod Ismoilov o'rtasida katta farq bor. Bu yil Murodjon boshqacha ishtiyoq bilan jamoani tayyorlayapti jamoa va murabiyimizda katta o'sish bor”.

So'ngra so'z "Istiqlol" stadioni direktori Ilhom Sobitovga berildi: "Istiqlol" stadioni 21 mart Navro'z bayramiga sovg'a sifatida ishga tushuriladi. “Neftchi” “Navbahor”ga qarshi 3-tur o'yinini yangi o'yingohda o'tkazadi. Birinchi turni esa Qirgulidagi o'yingohda o'tkazadigan bo'ldi.

Keyingi so'z navbati bosh murabbiy Murod Ismoilovga berildi: “Bu yil jamoaga taklif qilingan barcha o'yinchilardan ko'nglim to'lmoqda, darvozabonlardan tortib hujumchilargacha. Jamoaga kelgan o'yinchilarni shunchaki taklif etmaganmiz. Ularni bilib, kuzatib so'ngra taklif qilganmiz. Men hozirgi tarkibdagi o'yinchilarga ishonaman va shu tarkib bilan mavsumni boshlayman. Yana bir yarim himoyachi olib kelishimiz mumkin. Lekin jamoani o'zagini tuzib oldim. Sizlarga nimani vada berishim mumkin? Birinchi yoki ikkinchi o'rinni emas chunki bizni sharoitimiz hozircha bunga javob berolmaydi. Lekin sizlarga har bir o'yinda faqat muxlislarni o'ylab g'alaba uchun maydonga tushishga vada beraman”, - deydi Murodjon Ismoilov.

SHuningdek bu yig'ilishda klubning yangi matbuot kotibi Oybek Veysal o'g'li barchaga tanishtirildi. U yangi mavsumda “Neftchi”ning sayti O'zbekistonda eng yaxshi saytlardan biri bo'lishga vada berdi.

Bundan tashqari Toxir Kapadze muxlislar klubi masalasiga to'xtalib o'tib unga 8 nafar nomzod boshliq etib tayinlandi. Ularning har biriga 10 nafardan muxlis azo bo'lishi aytib o'tildi. Klubning yangi o'yinchilarni tanishtirish marosimi 12 mart sanasiga belgilandi.

Akbar Islom sharhi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика