"Neftchi" o'z qarorgohida yig'ildi
30 iyu 2014 10:16
Yangiliklar
"Neftchi" o'z qarorgohida yig'ildi
27 iyul kuni Toshkent yig'inini yakunlagan "Neftchi" futbol klubi, malum muddatlik tanaffusdan so'ng yana o'z qarorgohida yig'ildi.
Kecha 29 iyul, jamoa azolari klub qarorgohiga etib keldi va kechki payt mashg'ulot o'tkazildi.
Hozircha tarkibda jiddiy o'zgarish yo'q. Istedodli himoyachi Sardor Rahmonovning ikkinchi davrada "Neftchi" sharafini himoya qilishi haqida gap-so'zlar yuribdi. Lekin bu hozircha rasman o'z tasdig'ini topmagan. Agarda muzokaralar ijobiy yakunlansa, 20 yoshli futbolchi jamoamiz sharafini himoya qilishi mumkin. Aytish lozimki, Rahmonov uchun "Neftchi" begona emas. Boisi Sardor qishki yig'inlar chog'ida jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etgandi.
Darvoqe, "Neftchi" ikkinchi davraning ilk uchrashuvini 3 avgust kuni o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar