"Neftchi" mashg'ulotlarni boshlab yubordi
14 fev 2022 20:07
Yangiliklar
"Neftchi" mashg'ulotlarni boshlab yubordi
Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi mashg'ulot jarayonini boshlab yubordi.
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida rejalashtirilgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazib, yurtimizga qaytgan "Neftchi" futbol klubi azolari uch kunlik tatildan so'ng bugundan Farg'onada yig'ilib, tayyorgarlikning uchinchi bosqich jarayonini o'tashga kirishdilar.
Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo'l ostida o'tkazilgan mashg'ulotlar kunning ikkinchi yarmida Qirgulidagi "Neftchi" stadionida olib borildi.Turkiya yig'inlaridan so'ng qisqa tatilga o'z yurtiga jo'nab ketgan legioner futbolchilarimizning shu kunlarda Farg'onaga kelib, mashg'ulotlarga qo'shilishlari kutilmoqda.












O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar