"Neftchi" mashg'ulotlarni boshlab yubordi

Оқил Абдубарноев
14 fev 2022
Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi mashg'ulot jarayonini boshlab yubordi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida rejalashtirilgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazib, yurtimizga qaytgan "Neftchi" futbol klubi a'zolari uch kunlik tatildan so'ng bugundan Farg'onada yig'ilib, tayyorgarlikning uchinchi bosqich jarayonini o'tashga kirishdilar.

Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo'l ostida o'tkazilgan mashg'ulotlar kunning ikkinchi yarmida Qirgulidagi "Neftchi" stadionida olib borildi.Turkiya yig'inlaridan so'ng qisqa tatilga o'z yurtiga jo'nab ketgan  legioner futbolchilarimizning shu kunlarda Farg'onaga kelib, mashg'ulotlarga qo'shilishlari kutilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати