So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Neftchi": Kecha, bugun, ertaga Yangiliklar

"Neftchi": Kecha, bugun, ertaga

Futbolda faoliyati mobaynida bir jamoa sharafini himoya qilgan o'yinchilar kamdan kam uchraydi.
Bundaylar barmoq bilan sanarli, desak ham mubolag'a  bo'lmaydi. Masalan, Paolo Maldini faoliyati davomida faqat “Milan” safida to'p surgan.

Futbolda shuningdek, almashtirib bo'lmas o'yinchilar bo'lmaydi. Futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o'tishi bu “millionlar o'yini”ning bir qismidir. SHunday ekan bunday jarayonga oddiy hol sifatida qarash lozim.

Futbolchilarning ketishi


So'nggi kunlarda “Neftchi”ni  bir necha futbolchilarning tark etgani muxlislar orasida ko'p muhokama qilinmoqda.  Aytish joizki, jamoa muxlislari biroz xavotirga tushishgan.

To'g'ri, muxlislarni ham tushunish mumkin. Ko'p yillar davomida “Neftchi” sharafini himoya qilgan futbolchilarning aksariyati bugungi kunda jamoani tark etishdi.  Lekin shuni unutmaslik lozimki, “Neftchi” klubi o'zini boshqa joyda sinab ko'rmoqchi bo'lgan o'yinchilarni ushlab turmaydi! Bu odat ilgari ham bo'lgan. “Neftchi”dan Sergey Ni, Akmal Xolmatov, Islom To'xtaxo'jaev singari tajribali o'yinchilar ketishgan. Lekin jamoa bu bilan to'xtab qolgan emas.  

Eng quvonarlisi shundaki, bu yil jamoadan ketganlarning aksariyati yangi mavsumda OCHLda ishtirok etayotgan klublar bilan shartnoma imzolashdi.

“Neftchi”ning shonli tarixiga nazar tashlasangiz, faqatgina Asad Do'rmonov faoliyati davomida Farg'onada o'ynaganiga guvoh bo'lasiz.

Bir narsani ham takidlash lozim, “Neftchi”dan ketayotgan futbolchilar o'z xohishiga ko'ra, bu ishni amalga oshirishdi. SHukurali Po'latov, Sardor Mirzaev singari o'yinchilarga yangi bitim taklif etildi. Biroq, ular boshqa jamoaga o'tishi afzal bilishdi. Buni klub rahbariyati to'g'ri tushungan holda ularga oq yo'l tilashdi.

Amet Memet qanday murabbiy?

To'g'risini aytish joiz, bugungi kunda muxlislar orasida “Neftchi” ustozi Amet Memetga ishonchsizlik bilan qarayotganlar ham uchrab turibdi. Xo'sh, aslida Amet Memet qanday murabbiy?  

Amet Abdullaevich har doim professional bo'lishga intiladi. Farg'onada olib borgan qisqa faoliyati davomida Amet Memet ko'p narsalarni o'zgartirib yubordi. Masalan, futbolchilarga raqib jamoa haqidagi videoyozuvlar ko'rsatilib, bo'lib o'tgan uchrashuvlar tahlil etilmoqda. Bu o'zgarishlarni futbolchilarning o'zlari ham tan olishdi.  

Mashg'ulotlar jarayonida rang-baranglik kuzatildi. Ikkinchi davra boshida jamoa yuqori sport formasiga chiqdi.

Amet Memet o'n kun oldin bo'lajak raqib haqida malumot to'playdi. Hatto raqibning so'nggi uchrashuvlardagi tarkibini ham nazardan qochirmaydi. Barchasini tahlil qilgan holda, futbolchilarga turli ko'rsatmalarni beradi. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlariga alohida urg'u beradi. Xullas, zamonaviy murabbiydan talab etilgan barcha vazifalarni bajarishga harakat qildi. To'g'ri, qaerdadir Amet Memet ham xato qilgan bo'lishi mumkin. Buni inkor etib bo'lmaydi. Qolaversa, Amet Memet qattiqqo'l murabbiylar toifasiga kiradi. SHuning uchunmikan, u kishi bilan ishlay olmagan insonlar Amet Memet xususida turli xil bo'hton va safsatalarni o'ylab topishadi.

Aytgancha, PFL tomonidan murabbiylar o'rtasida o'tkazilib kelinayotgan “Oyning eng yaxshi murabbiyi” so'rovnomasida  Amet Memet “Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi” deb tan olingani ham unutmaslik lozim.   

20 kun ichida qilingan ishlar

Yodingizda bo'lsa, ushbu mutaxassis jamoani qabul qilib olganida “Neftchi” atigi 7 ochko bilan 12-o'ringa tushib qolgandi. Murabbiylar shtabining say-harakatlari evaziga jamoa mavsumni to'qqizinchi o'rinda yakunladi. Agar biroz omad kulib boqqanida natija bunday ham yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Farg'onalik muxlislar har doim yuqori natijalarni talab qilishini tushunamiz. Lekin kuchli jamoani shakllantirish uchun bir necha yil kerak bo'lishini dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Mourino ham bot-bot takrorlab keladi. SHuning uchun qisqa fursat ichida jamoadan yuqori o'rinlarni talab qilish biroz mantiqsiz emasmi?

O'shanda “Neftchi” klubi rahbariyati va murabbiylari shtabi oldida vaziyatni o'nglash uchun atigi 20 kun vaqt bor edi. Yani 14 iyuldan 4 avgust kuniga qadar. Aksiga olib davralar oralig'ida Amet Memet o'zi istagan futbolchini jamoaga taklif eta olmasdi. “Neftchi” jamoasi qiziqish bildirgan futbolchilarning o'z klubi bilan shartnomalari mavjud edi. SHunday bo'lsa-da, yozda jamoa safiga tajribali futbolchilarni, ayrimlarini ijara asosida jamoaga jalb etishga muvaffaq bo'lindi. Endi esa murabbiyning oldida etarlicha vaqt bor. Xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim.

Statistik malumotlarga qaraganda, o'tgan mavsumda murabbiylari o'zgartirilgan jamoalar orasida “Neftchi” maslahatchi murabbiyi eng yaxshi natija ko'rsatgan. Bu esa murabbiyning ishiga shubha bilan qarayotganlar uchun munosib javob deb aytish mumkin.

Aytgancha, yozgi tanaffus paytida eng katta xaridlarni aynan “Neftchi”  klubi amalga oshirganini ham unutmaslik lozim.

Endi nima bo'ladi?

Xavotirga o'rin yo'q. Ruslarda bir maqol bor. “Egasi bor joy bo'sh qolmaydi”. SHunday ekan, “Neftchi” jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoada keng ko'lamli selekciya ishlari olib borilmoqda. SHu kunga qadar bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishildi. Ayrim o'yinchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Yangi yildan keyin ham “Neftchi”dan katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

To'g'ri muxlislar uchun suyukli bo'lgan va “Neftchi” ramziga aylangan futbolchilar jamoadan ketishdi. Lekin hayot davom etadi.

“Neftchi” o'z aanasiga ega jamoa sanaladi. Hozirgi kunda tarkibni shakllantirish borasida ishlar boshlanib ketgan. O'tgan mavsumni o'rinbosarlar safida o'tkazgan bir qator futbolchilar asosiy tarkibga qo'shilishmoqda. Jamoada avlodlar almashinuvi boshlandi, deyish mumkin. Axir qachondir bu ishni amalga oshirish kerak edi-ku?

Yangi mavsumda “Neftchi” safida yangi nomlar uchrab qolsa sira ajablanmang.

Jamoaning ertgani kuni porloq. Faqat biroz sabr kerak. Sabr tagi esa oltin deb bekorga aytishmaydi.

Piyola ichidagi futbol

Bir piyolaning ichidan chiqolmagan jonzod piyolaning ichida ko'rganlaridan xulosa chiqargan holda dunyo - shu ekan, degan taassurot bilan yashaydi. Qozonni ichida katta bo'lgani birmuncha kengroq mushohada yuritadi. Biz ham xuddi piyola ichida yashab o'tgan jonzod qatori yondashmasdan futbolga boshqacha nigoh bilan qarashimiz kerak. Futbol biz o'ylagan kabi piyola ichida emas.

Kechuvda otni almashtirmaydilar

Ko'pchilikning fikricha, yangi mavsum arafasida “Neftchi”ga yangi bosh murabbiy olib kelish kerak. Lekin mantiqan olib qaralganda, Farg'onaga boshqa murabbiy olib kelishga hojat yo'q. CHunki, Amet Memetga imkoniyat berish lozim. Axir “Neftchi” o'z tarixiga va ananasiga ega bo'lgan jamoa. Har yili murabbiy almashtirish farg'onaliklarga xos odat emas.

Evropada ham murabbiyga o'z ishini yakunlash uchun imkoniyat berishadi. Negaki, yangi murabbiy kelib, barchasini boshidan boshlash uchun vaqt talab etiladi. Amet Memet esa jamoaga moslashib bo'ldi. Kechuvda otni almashtirmaydilar, degan tarif bejiz aytilmagan.  

O'FF prezidenti Mirabror Usmonov ham buni to'g'ri anglagan holda Mirjalol Qosimovga o'z ishini davom ettirish imkoniyatini berganini unutmaslik lozim. O'ylaymizki, Amet Memet yangi mavsumda qanday saviyadagi murabbiy ekanligini isbotlay oladi.

Xulosa o'rnida

Maqolamiz so'nggida biroz lirik chekinish qilgan holda bitta rivoyatdan parcha keltiramiz. Undan qanday xulosa chiqarish esa o'zingizga havola.

- O'tgan zamonda tog' bag'rida joylashgan qishloqda bir qassob har kuni ikki uch qo'yni so'yib, tirikchilik qilar ekan. Kunlarning birida u xotiniga: “Ko'rib turibsanki, so'yilgan qo'ylarning kalla-pochchasiga deyarli xaridor yo'q. SHu boisdan ularni uyimiz orqasidagi maydonga tashlasak, mahallamizdagi jonivorlarga ozuqa bo'ladi. Aks holda ular xonadonlardagi mollarga hujum qilishadi” debdi.

Xotini ham qassobning fikrini maqullagach, har kuni kalla-pochchalar maydonga tashlanaverdi.  Butun mahalladagi jonivorlar tayyor ovqatdan foydalanib bir necha yillar davomida huzur halovatda hayot kechirishibdi.

Ammo dunyo utkinchi deganlaridek bir kuni qassob og'ir darda chalinib, yotib qolibdi.  Mahalla jonivorlari esa och qola boshlashibdi. Bunga chiday olmaganlar qassobning xonadoniga kelib bitta qo'yini eb ketishibdi.

Oradan ikki kun o'tib, jonivorldar maydonga kelishsa, yana hech narsa yo'q. SHunda ular sovqin suron ko'tarib, qassob yotgan xonaga bostirib kirishibdi va shunday deyishibdi: “Ey qassob, ko'p yillar davomida sening qaramog'ingda yashadik. Senga ishonib tirikchilik tashvishlarini o'ylamadik. Qiladigan ishimiz maydonga kelib ketish, tayyor ovqatni yoyish bo'ldi. Boshqa vaqt jonimizni koyitmay, yozda soya-salqin, qishda issiq joylarda dam olib yotdik. Boshqa mahalla jonivorlarini nazar pisand qilmay, mag'rurlandik. Bugun esa ochlikdan o'zimizni qaerga qo'yishni bilmay qoldik”.

- “Ishga yaramaydigan bo'lib qoldim. Menga umid bog'lamay, o'z ovqatlaringni o'zlaring topinglar boshqa iloji yo'q”, dedi qassob.

- “Bunday qila olishga qurbimiz etmasa kerak, tekin ovqat eyishga ko'nikib ketgan ekanmiz” deyishdi jonivorlar.

Biroz muddat o'tib qishloq jonivorlari o'zlariga ovqat izlashga tushishdi. Axir endi ular uchun maydonga tayyor taom tashlab beruvchi qassob yo'q edi-da.  

Rivoyat shu joyda yakun topadi.

SHunaqa gaplar xulosa chiqarish esa o'zingizga havola.

ABROR DEHQONOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика