"Neftchi" havorang, "Bunyodkor" ko'k rangli futbolkada o'ynaydi
16 mar 2018 23:45
Yangiliklar


"Neftchi" havorang, "Bunyodkor" ko'k rangli futbolkada o'ynaydi
Bugun "Istiqlol" stadionining majlislar zalida Superliga 3-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Neftchi” - “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida ananaga ko'ra yig'ilish o'tkazildi.
Ushbu yig'ilishni PFL vakillari S.Ermatov va SH.Rajabovlar olib borishdi.
Unda ertaga bo'lajak uchrashuvdagi tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi va bajarilishi zarur bo'lgan masalalar belgilab olindi.
Yig'ilish so'nggida ertangi “Neftchi” - "Bunyodkor" uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi haqida ham o'zaro kelishib olindi.
Demak, ertaga “Neftchi” futbolchilari moviy rangli liboslarda maydonga tushadi. “Bunyodkor” jamoasi futbolchilari esa to'q ko'k rangli liboslarda maydonda harakatlanadilar.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” - "Bunyodkor" uchrashuvi ertaga markaziy “Istiqlol” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Uchrashuvdan avval esa xush ovoz xonandalar ijrosida madaniy va badiiy koncert dasturi bo'lib o'tadi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar