So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Neftchi": Futzalda Farg'onada g'alabalar, keyingi manzil Buxoro! Yangiliklar

"Neftchi": Futzalda Farg'onada g'alabalar, keyingi manzil Buxoro!

Farrux Zokirov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” futzalchilari mamlakat chempionatining 2-turini Farg'onada o'tkazishdi.

“Lokomotiv”ga qarshi bellashuvda Zokirov shogirdlari 2:1 hisobida irodali g'alabani qayd etganliklari haqida xabar berib o'tgandik. Ikkinchi javob bahsi esa umuman o'zgacha suratda kechdi deyish mumkin. Sababi 7 aprel oqshomidagi navbatdagi o'yinda farg'onaliklik futzalchilar raqib darvozasini 10 marta aniq nishonga olishdi. Gollar shousida mehmonlar 2 marotaba o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi. Yakuniy hisob 10:2. “Neftchi” xar ikki bahsda ham “Temiryo'lchilar”dan ustun keldi.

Mezbonlar murabbiyi Boburbek Madaminov bahsdan so'ng klub matbuot xizmatiga intervyu berdi

- “Lokomotiv” futzalchilari chempiontdagi eng kuchli raqiblardan biri sanaladi. Tezkor gollar xar doim muhim. Ortda qolgan bellashuvda bu bizga katta yordam berdi. Farg'onada birinchi bor o'yin o'tkazdik. Uchrashuvni bevosita klub rahbariyati va muxlislar kuzatib borishgani sababli biroz xayajon bosdi. Hayajon bo'lgani bir tarafdan yaxshi, chunki masulyatni his qilgan insonda xayajon kuzatiladi. Yangi mavsum oldidan tarkibimizni kuchaytirdik. Yuqori maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan “Neftchi” ko'plab tajribali o'yinchilarni o'z safiga jalb qilgan. Sovrinlar o'rinlar uchun kurashmoqchimiz. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat – dedi Boburbek Madaminov

Futzalchilarimizni yana bir raqobat kutib turibdi. Jamoa 3-turda Buxoroda mehmon bo'ladi. 11-12 aprel kunlari “Buxoro” futzal jamoasi Vodiy klubini qabul qiladi. Ayni paytda farg'onaliklar bo'lajak o'yinga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda. Quyida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan ikkinchi o'yindan fotosuratlarni taqdim etamiz.

Hojiakbar Jabborov 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика