"Neftchi" futbol klubi azolari va muxlislari tomonidan "Jamshid To'raqulovga yordam" akciyasi tashkil etildi
30 dek 2020 20:11
Yangiliklar
"Neftchi" futbol klubi azolari va muxlislari tomonidan "Jamshid To'raqulovga yordam" akciyasi tashkil etildi
Xabaringiz bor, PRO-Liga 20-turidan o'rin olgan "Neftchi"-"Turon" bahsi yakunida yuz bergan tartibsizliklar natijasida farg'onaliklarning yosh hujumchisi Jamshid To'raqulov jazoga tortilgan edi.
Bugun Farg'onada "Neftchi" futbol klubi azolari va jamoa muxlislari tomonidan "Jamshid To'raqulovga yordam" akciyasi tashkil etildi. Mazkur akciya doirasida klub vakillari To'raqulovlar xonadonida borib, yosh futbolchining oilasiga turli sovg'a-salomlarni etkazishdi.
Saytimiz muxbirlari mazkur akciya jarayonidan maxsus ko'rsatuv tayyorlashdi:
- "Neftchi" futbol klubi qarorgohidan siz ko'rmagan kadrlar;
- To'raqulovlar xonadonidan maxsus reportaj;
- Yosh futbolchining ota-onasi hamda yaqin qarindoshlarining mavjud vaziyat borasidagi fikrlari;
- "Neftchi" klubi azosi Javohir Rasulov va jamoa muxlislaridan maxsus intervyular...
"Jamshid To'raqulovga yordam" akciyasi doirasida tayyorlangan maxsus ko'rsatuvni tomosha qiling.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar