

Bugun Farg'onada "Neftchi" futbol klubi a'zolari va jamoa muxlislari tomonidan "Jamshid To'raqulovga yordam" akciyasi tashkil etildi. Mazkur akciya doirasida klub vakillari To'raqulovlar xonadonida borib, yosh futbolchining oilasiga turli sovg'a-salomlarni etkazishdi.
Saytimiz muxbirlari mazkur akciya jarayonidan maxsus ko'rsatuv tayyorlashdi:
- "Neftchi" futbol klubi qarorgohidan siz ko'rmagan kadrlar;
- To'raqulovlar xonadonidan maxsus reportaj;
- Yosh futbolchining ota-onasi hamda yaqin qarindoshlarining mavjud vaziyat borasidagi fikrlari;
- "Neftchi" klubi a'zosi Javohir Rasulov va jamoa muxlislaridan maxsus intervyular...
"Jamshid To'raqulovga yordam" akciyasi doirasida tayyorlangan maxsus ko'rsatuvni tomosha qiling.



