"Neftchi": Doston Tursunov Erevanga jo'nab ketdi
09 iyu 2014 14:02
Yangiliklar
"Neftchi": Doston Tursunov Erevanga jo'nab ketdi
Xabaringiz bo'lsa kerak, O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi navbatdagi yig'inni Armaniston poytaxti Erevanda tashkil etishni rejalashtirgandi.
Katta murabbiy Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi mazkur terma jamoamiz rejaga ko'ra bugun Erevanga jo'nab ketdi.
Etiborlisi ushbu yig'inga “Neftchi” azosi Doston Tursunov (33-raqam) ham taklif etilgan. Istedodli himoyachi bungacha ham yoshlar terma jamoamizning deyarli barcha yig'inlarida ishtirok etib kelayotgandi. Murabbiylar shtabi Dostonni navbatdagi xorij yig'iniga ham taklif etgan. SHu bois Tursunov bugun terma jamoamiz delegaciya bilan birga Erevanga jo'nab ketdi.
Aytish joizki, ushbu yig'in davomida yoshlarimiz ikkita sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. O'yinlar 12-14 iyun kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 16 iyunda esa terma jamoamiz yurtimizga qaytib keladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Musobaqa final bosqichida O'zbekistonning yosh futbolchilari V guruhida Avstraliya, BAA va indoneziyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar