So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

"Neftchi" darvozaboni Farruh Turdaliev: “Yangiliklar ko'p. Kam gapirib, ish bilan isbotlamoqchimiz” Yangiliklar

"Neftchi" darvozaboni Farruh Turdaliev: “Yangiliklar ko'p. Kam gapirib, ish bilan isbotlamoqchimiz”

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

O'z oldiga Superligaga chiqishni maqsad qilib qo'ygan farg'onaliklar yig'inning ilk kunlarida jismoni holatni yaxshilashga qaratilgan mashqlarga urg'u berishdi. Biz bu borada jamoaning ishonchli darvozaboni Farruh Turdalievning fikrlari bilan qiziqdik

“20 dekabr kuni yig'ildik. Tatildan so'ng asosan jismoniy imkoniyatlarimizni ko'rib olish maqsadida, shunga doir mashqlarni bajaryapmiz. Jamoada ichki muhit alo darajada, hamma bir biri bilan iliq munosabatda. Moliyaviy tomondan ham ayni paytda holat barqaror deya olaman. Umuman olganda yangiliklar ko'p. Biz kam gapirib, ish bilan isbotlamoqchimiz.



Barcha futbolchilar jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapti. Hozircha hech kim tark etganicha yo'q. Maqsadimiz “Neftchi”ni Superligaga qaytarish. Biz buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Agarda bir oila bo'lib birlashsak, o'ylaymanki oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olamiz.

Jamoamiz bu safar Superligaga chiqish uchun jiddiy yondashadi. O'tgan mavsumdagi xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqardik. Nasib qilsa muxlislar “Neftchi”ni kuchlilar safida albatta ko'rishadi”, - dedi Farruh Turdaliev.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика