"Neftchi" "Beshiktosh" bilan hamkorlik qiladi
02 fev 12:19
Yangiliklar
"Neftchi" "Beshiktosh" bilan hamkorlik qiladi
"Ushbu tashrif doirasida Turkiyaning nomdor klublaridan biri "Beshiktosh" futbol klubi bilan hamkorlik qilish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi hamda "Neftchi" akademiyasi va "Beshiktosh" klubi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlikni izchil rivojlantirish, o'zaro tajriba almashish hamda yosh futbolchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilib, muhim kelishuvlarga erishdilar.
Imzolangan memorandum doirasida har ikki klub akademiyalarini rivojlantirish yo'lida tajriba almashish, murabbiylar va mutaxassislar uchun o'quv-seminarlar tashkil etish, iqtidorli yosh futbolchilar bilan ishlash tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish kabi yo'nalishlar belgilab olindi.


Shuningdek, kelgusida "Beshiktosh" klubi mutaxassislarining Farg'ona shahridagi "Neftchi" futbol akademiyasiga tashrif buyurishi, ularning ishtirokida amaliy mashg'ulotlar va seminarlar o'tkazilishi bo'yicha ham kelishuvga erishildi.
Uchrashuv davomida "Neftchi" klubi bosh direktori Mansurbek Toshmatov "Beshiktosh" klubi prezidenti Serdal Adalini "Neftchi" akademiyasining ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qildi. Shuningdek, "Beshiktosh" klubi delegaciyasining Farg'ona shahriga rasmiy tashrifi bo'yicha ham tomonlar o'zaro kelishib oldilar.
Mazkur hamkorlik "Neftchi" akademiyasi tarbiyalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berishi, yosh futbolchilarning xalqaro tajriba orttirishi va kelajakda yuqori saviyada shakllanishiga xizmat qilishi kutilmoqda", – deyiladi farg'onaliklar bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" 90+10 дақиқада гол уриб, ўн киши бўлиб қолган "Райо Вальекано"ни мағлубиятга учратди
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" билан ўйинда 2:0 ҳисобида ғалаба қозона туриб, якунда очко йўқотди
Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон гуруҳдаги сўнгги ўйинда Японияга мағлуб бўлди, аммо кейинги босқичга чиқди
Fikrlar