
Yaqindagi “Neftchi” futbol maktabi ixtiyoriga topshirilgan, zamonaviy hamda jahon standartlarga to'liq javob beradigan yangi futbol maktabi tez kunlarda “Neftchi” akademiyasi maqomi ostida o'z faoliyatini boshlaydi. Ayni paytda akademiyani tashkil etish borasida yakuniy ishlar olib borilmoqda va ushbu dargoh yaqin kunlar ichida o'z ishini boshlaydi. Farg'ona – iqtidorlar diyori. Shunday ekan bundan buyog'iga “Neftchi” futbol klubiga viloyatdan iqtidorli ijrochilarni yetishtirib berish jarayonida ushbu akademiya mutasaddi va murabbiylari xizmat qilishadi. Bo'lajak “Neftchi” akademiyasida futbol bilan shug'ullanish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Akademiya Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionining hududida barpo etilgan.









