So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  1 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

"Neftchi-2009" - O'zbekiston kubogi g'olibi Yangiliklar

"Neftchi-2009" - O'zbekiston kubogi g'olibi

SHu yilning 26-31 oktyabr kunlari Toshkentda 2009 yilda tug'ilgan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilarining O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Bellashuvlarda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan futbol mahorat maktablari vakillari ishtirok etishdi. SHunisi quvonarliki, bu musobaqalarda Farg'ona viloyatidan bitta emas, 2 ta jamoa, yani, "Neftchi" bolalar va o'smirlar futbol maktabi hamda Farg'ona futbol mahorat maktabi jamoalari qatnashdi. 

Iqbol Akramov rahbarligidagi "Neftchi" BO'FM jamoasi musobaqada yuksak mahorat egasi ekanligini isbotladi. Final uchrashuvida Namanganning FMM jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Bu g'alaba" Neftchi" klubida dovruqli futbolchilarning munosib o'rinbosarlari etishib chiqayotganligini tasdiqladi. 

Yana bir quvonchli jihati shuki, "Neftchi" ning kelajagi porloq vakillaridan biri Mirjahon To'ychiboev kubok musobaqalarida raqiblar darvozasiga eng ko'p – 10 ta to'p kiritib, turnir to'purari nominaciyasining g'olibi deb topildi va yuksak mukofotga sazovor bo'ldi. Musobaqada faxrli 3-o'rin ham Farg'ona vakillariga nasib etdi. Bu mukofotni Farg'ona futbol mahorat maktabi jamoasi qabul qilib oldi. 

SHu munosabat bilan "Neftchi" PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va ko'pming sonli muxlislari nomidan 2009 yilda tug'ilgan "Neftchi" BO'FM jamoasini O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganligi bilan samimiy muborakbod etib, yosh futbolchilarimizga kelgusi musobaqalarda viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada yuksak marralarni egallashlarini tilaymiz", – deya xabar berdi "Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика