"Neftchi": 20 mart kuni “Dinamo”ga qarshi o'ynaymiz
14 mar 2016 17:57
Yangiliklar
"Neftchi" vakillari mavsumni bitta mag'lubiyat va bitta g'alaba bilan boshlashdi. Xabaringiz bor, 2-tur bahslari yakuniga etgach milliy chempionatimizda kichik tanaffus yuzaga keldi. Andrey Fyodorov shogirdlari endi bor diqqat etiborlarini O'zbekiston Kubogi bahslariga qaratishadi.
Farg'onalik futbolchilari O'zbekiston Kubogi 1/16 bosqichidan o'rin olgan bahsda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi bellashadilar. Uchrashuv 20 mart, yakshanba kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi.
“Neftchi” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar