"Neftchi": 20 mart kuni “Dinamo”ga qarshi o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 17:57
Oliy liga 2-tur o'yinlari ham ortda qoldi.

"Neftchi" vakillari mavsumni bitta mag'lubiyat va bitta g'alaba bilan boshlashdi. Xabaringiz bor, 2-tur bahslari yakuniga etgach milliy chempionatimizda kichik tanaffus yuzaga keldi. Andrey Fyodorov shogirdlari endi bor diqqat e'tiborlarini O'zbekiston Kubogi bahslariga qaratishadi.

Farg'onalik futbolchilari O'zbekiston Kubogi 1/16 bosqichidan o'rin olgan bahsda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi bellashadilar. Uchrashuv 20 mart, yakshanba kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi.

“Neftchi” matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz