Nazorat uchrashuvi. “Xorazm” – “Bunyodkor-2” - 2:1
23 mar 2015 20:22
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. “Xorazm” – “Bunyodkor-2” - 2:1
Joriy yilgi birinchi liga musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan urganchning “Xorazm” va toshkentning “Bunyodkor-2” jamoalari bugun nazorat uchrashuvida o'zaro kuch sinashishdi.
Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan mazkur o'yinda “Xorazm” jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Vohaliklar safidan to'plarni birinchi bo'limda Jasur Otajonov, ikkinchi bo'limda Marks Quronboevlar kiritishdi.
- Yig'inimiz doirasida o'tkazilayotgan uchrashuvlar mobaynida futbolchilarimizning texnik va taktik jihatlarini yuksaltirishga etibor qaratyapmiz, - deydi “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonov. – Buning barobarida, ushbu o'yinlar orqali jamoamizning asosiy tarkibini aniqlab olamiz.
Ertaga, yani 24 mart kuni urganchlik futbolchilar birinchi liganing boshqa bir jamoasi – “Oqtepa”ga qarshi maydonga tushishadi.
Ikrom XUDOYBERGANOV

championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar