So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Nazorat uchrashuvi. Qizilqum - Buxoro 1:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. Qizilqum - Buxoro 1:0

Qizilqum jamoasi azolari 11 yanvardan buyon Navoiy shahrida ikkinchi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirishmoqda.
Bosh murabbiy Yuriy Lukin qo'l ostida ayni chog'da o'ttiz nafarga yaqin futbolchi kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapti. Kunning birinchi yarmida jismoniy tiklanish mashqlari, shuningdek, krossga alohida etibor qaratilayotgan bo'lsa, tushdan keyin mashg'ulotlarda futbolchilar ko'proq to'p bilan ishlashga ahamiyat berishmoqda.
 
Avval takidlaganimizdek, jamoaning o'tgan yilgi asosiy tarkibi saqlab qolingan. Bultur boshqa futbol klublari sharafini himoya qilgan Aleksandr Antipov (Spartak Buxoro), SHerali Jo'raev (Olmaliq), Ruslan Vagapov (Metallurg), O'ktam Sadinov (Zarafshon), Vladimir SHishelov (Metallurg Novokuzneck, Rossiya), Mirjalol Qurbonov (Guliston) singari futbolchilar hozirda navoiyliklar tarkibida ko'rikdan o'tishmoqda. SHuningdek, oxirgi chempionatning ikkinchi davrasini Qizilqum tarkibida ijara asosida o'tkazgan Eldor Boymatov (Nasaf) ham ayni paytda Yuriy Lukin mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Bu o'yinchilarning birortasi bilan hozircha rasman shartnoma imzolanmagan.
 
Yangi yilning dastlabki kunlaridan boshlab mashg'ulotlarda ishtirok etib kelgan hujumchi Xurshidjon Yo'ldoshev navbatdagi mavsumni boshqa jamoada o'tkazishni maqul topgan va kuni kecha Navoiyni tark etgan. U o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Jizzaxning So'g'diyona jamoasidan navoiyliklar safiga kelib qo'shilgan edi.
 
17 yanvar kuni ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida Qizilqum futbolchilari ilk sinov nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Navoiyda o'tkazilgan mazkur o'yinda ular Buxoro jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda Navro'z Alimov kiritgan yagona gol konchilarga g'alaba keltirdi - 1:0.
 
Nazorat o'yinida bosh murabbiy Yuriy Lukin quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi:
 
“Qizilqum”: Erkin Jabborov (Artyom Makosin, Aleksandr Antipov,), Asqar Muhiddinov, Akmal Xoliqov, Akmal Rustamov, Mirjalol Qurbonov, Ruslan Vagapov, Eldor Boymatov (Jamshid SHohnazarov, Sarvarjon Xolmatov), Farruh Haydarov, SHerali Jo'raev, Navro'z Alimov (O'ktam Sadinov, 75), Alisher Xoliqov.
 
Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Vladimir SHishelov biroz betobligi tufayli ushbu bahsda maydonga tushmadi.
 
Rejaga ko'ra, navoiyliklar navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 26 yanvarda o'tkazishadi. SHu kuni Jizzaxning “So'g'diyona” futbolchilari Navoiyga tashrif buyuradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика