So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  0 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

Nazorat uchrashuvi. “Oq-tepa” - "Guliston" 1:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Oq-tepa” - "Guliston" 1:2

Bugun “Oq-tepa” “Guliston”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
"Oq-tepa” stadionida kechgan bahsda omad mehmonlarga kulib boqdi. Hisob vakillarimiz tomonidan ochildi. 27-daqiqada Zokir Mirzaahmedovning ajoyib to'p uzatishidan so'ng hujumchi Xurshid Yo'ldoshev darvozabon qarshisida yolg'iz qoldi va bundan unumli foydalandi. Ammo oradan uch daqiqa o'tib markaziy himoyachilarimizning qo'pol xatosidan Nikita Sviridov foydalanib qoldi.

Ikkinchi bo'limda ikkala jamoa bosh murabbiy bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Tabiiyki, bu o'yinning borishiga o'z tasirini o'tkazdi. “Guliston” safida maydonga tushgan tajribali o'yinchilar so'nggi daqiqalarda uchrashuv taqdirini hal qilishdi. CHap qanotdan uyushtirilgan hujumni Rustam Qodirov gol bilan yakunladi. SHu tariqa ketma-ket uchinchi nazorat o'yinida mag'lubiyatga uchradik. Eslatib o'tamiz, “Oq-tepa” ertaga “Qo'qon-1912” bilan kuch sinashadi. Bellashuv 11:00da “Oq-tepa” stadionida start oladi.

Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “GULISTON” – 1:2 (1:1)
14 mart. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam
: SHerzod Qosimov.
“Oq-tepa”: SHohruh Eshbo'taev (Asilbek Omonov, 46), Nodir Teshaboev (Said Topilov, 46), Abdumavlon Tursunov (Nodir Sadullaev, 46), Doniyor Usmonov (Temur Turdiev, 46), Alisher Orifjonov (SHohruh Pirnazarov, 67), Sobir Usmonxo'jaev (Zafar Qoraqulov, 46), Sergey Rekun, Zokir Mirzaahmedov (Umid Zayniddinov, 46), Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich (Farhod Miraahmatov, 46), Alisher SHog'ulomov (Nikita Pavlenko, 46), Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich (Maruf Ahmadjonov, 46).
“Guliston”: Ilhom Jumanov, Nikita Sviridov, Muhammad Fayzullaev, Dilshod SHukurov, Farrux Zikriyaev, Suhrob Sarimsoqov, Dilmuhammad Xudoyberdiev, Boburmirzo Usmonov, Alisher Xotamov, Azamat Abdullaev, SHarof Aytboev.
Zaxiradan tushganlar: Akbar Sattaev, Rustam Qodirov, Vladislav Purak.
Gollar: Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich, 27 – 1:0. Nikita Sviridov, 30 – 1:1. Rustam Qodirov, 85 – 1:2.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика