So’nggi yangiliklar

17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  2 16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  2 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  9 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  9 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27

Nazorat bahsi. “Navbahor”- “Navbahor” – U-21 – 5:2 Yangiliklar

Nazorat bahsi. “Navbahor”- “Navbahor” – U-21 – 5:2

Teglar :  Navbahor
Xabaringiz bor, malum sabablarga ko'ra, Coca Cola Superliga 10-tur bahslari qoldirildi.

Futbolchilarning jismoniy holatlarini saqlab turish maqsadida, “Navbahor” jamoasi Denis Toymencov murabbiylik qilayotgan “Navbahor” – U-21 yoshlar jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga qaror qildi.

Mazkur o'yin 21 iyul kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tdi. Unda tajriba mahoratdan ustun ekanligi yana bir marta o'z isbotini topdi.

Ushbu bahsda Andrey Kanchelskis shogirdlari 2ta bo'limda ikki xil tarkib bilan maydonga tushishdi.

Garchi tanaffusgacha “lochinlar” bir qator vaziyatlarga ega bo'lishgan bo'lsa-da, bor-yo'g'i bir marta darvozani ishg'ol etishdi, xolos.

SHu o'rinda takidlash joizki, yoshlar jamoasi azolari ham akalariga murosib qarshilik ko'rsatishga intilishdi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida mahoratli yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba yo'llab, jamoasining tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishini taminladi.

Takidlaganimizdek, 2-bo'limda “Navbahor” maydonga deyarli to'liq yangilangan tarkib bilan maydonga tushdi.

Birinchi bo'limda o'ynagan futbolchilardan faqatgina tajribali himoyachi Mirzohid G'ofurov maydonda qoldi va u ham uchrashuvning 55 –daqiqasida SHahzod Hamidovga alishtirildi.

Ikkinchi 45 daqiqalik keskin kurashlar ostida kechib, gollarga boy bo'ldi.

Jumladan, Andrey Kanchelskis shogirdlaridan Islombek Isoqjonov (2ta), Sardor Telyakov va SHohruh Mahmudhojiev yoshlar jamoasi darvozasini aniq nishonga olishgan bo'lsa, Denis Toymencov shogirdlaridan esa Anvar Hojimirzaev “dubl”ga erishdi.

O'z o'rnida SHohruh Mahmudhojiev, shuningdek, Anvar Hojimirzaevning birinchi goli ham ham 11 metrli jarima zarbasidan keyin urilgani, har ikki holatda ham gol mualliflariga nisbatan raqib jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilganligini takidlash joiz.

Natijada o'rtoqlik bahsida “lochinlar” yirik – 5:2 hisobida zafar quchishdi.


Nazorat-sinov bahsi
“Navbahor”- “Navbahor” – U-21 – 5:2 (1:0)
Namangan shahri. “Markaziy” o'yingoh.
Hakamlar:
Muzaffar Mamatxanov, Bobur Ibragimov, Isroil Imomnazarov.
Gollar: A.Turg'unboev (40), S.Telyakov (55), I.Isoqjonov (78, 83), SH.Mahmudhojiev (88-pen.) – A.Hojimirzaev (70-pen.86).
“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Ivan Solovyov,10. Azizbek Turg'unboev, 19. Mirzohid G'afurov, 22. Igor Golban, 28. Xurshidbek Muxtorov, 33.Tohirjon SHamsitdinov, 70. Abbos G'ulomov, 88. Ruslan Bolov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 23.Dilshod Hamroev, 2.Mirkomil Lokaev, 4.SHahzodbek Hamidov, 5.G'iyosjon Komilov, 11.Islombek Isoqjonov,
18.Sardor Telyakov, 25.SHohruh Mahmudhojiev, 27. Islom Rashidxonov, 77. Pavel Golishev, 95. Zabihillo O'rinboev.
“Navbahor” – U-21: 13.Islomjon Abdullaxonov, 3.Mirzohid Mirzamahmudov, 6.Sodiqjon Ortiqov, 15.Obid Jo'raboev, 21.Komiljon Tojidinov, 26.Ulug'bek Aknazarov, 29.Jamoliddin Bahromov, 31.Ayubxon Jo'raev, 32.Qodirxon Ikromov, 38.Dostonbek Abdulhaev, 77.Husayn Ergashboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 16.Ulug'bek Egamberdiev, 24.Muhammad Sodiq Qodirov, 30.Abdujamol Isroilov, 35.Bobirshoh Sobirov, 39.Kamronbek Nematjonov, 41.SHavkatjon Sattarov, 42.Samandar Jo'raboev, 43. Abdulaziz Hotamov,47.Asilbek Orifjonov, 67.Abdurasul Qayumbaev,94.Anvarjon Hojimirzaev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика