So’nggi yangiliklar

20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  110 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  2 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  1 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  9 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  5

Sherzod Jo'raev: "Qo'rqqanimda yoki ikkilanganimda "Navbahor" postida o'tirmasdim" Yangiliklar

Sherzod Jo'raev: "Qo'rqqanimda yoki ikkilanganimda "Navbahor" postida o'tirmasdim"

Superliganing 22-turi doirasida o'tkazilgan "Navbahor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng "lochinlar" ustozi Sherzod Jo'raev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'lim ko'rdinglar juda qiyin bo'ldi. Jamoani qabul qilib olganimga 2 kun bo'ldi. Mashg'ulot o'tkazdik, gaplashdik. Yigitlarni nimalarga qodirligini bilardim lekin yaqindan emas. Shu bois suhbatlashdim, dardini tingladim. Omadsiz o'yinlardan so'ng kayfiyatini, ichini bilmoqchi bo'ldim. Qisqa vaqt ichida buni uddaladimmi yoki yo'q bilmayman. Futbolchilar maydonda borlarini berishdi. Ularga va qo'llab-quvvatlagan muxlislarga alohida rahmat aytaman. "Qizilqum"ni o'rgangan edik. Islom Kenjaboevni bilardik, bundan tashqari Norxonovning o'rniga Papariga tushishi biroz syurpriz bo'ldi. Xudoga shukur g'alaba qozondik",- deydi Sherzod Jo'raev.

- 2 xil taym ko'rdik. Ikkinchi bo'limda "Navbahor"da vaziyatlar ko'p bo'ldi. Sizningcha, g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi? Raqib jamoa ustozi omadni sabab keltirdi...

- Omad kuchli jamoaga kulib boqadi. To'g'ri, futbol ikki taymdan iborat. "Qizilqum" ham munosib, yaxshi jamoa. Yaxshi murabbiylar ishlashmoqda. Individual kuchli futbolchilar yig'ilgan. Omadsiz o'yinlardan so'ng yigitlarni bir joyga jamlash qiyin bo'ladi. Jamoa maydonga nima uchun chiqayotganini aytdik. Maydonda, maydon tashqarisida gaplashdik. Yigitlarga rahmat.  

- Nima uchun jamoani 2 ta hujumchi bilan o'ynatmadingiz?

- Bizda 2 ta bir xil hujumchi yo'q. Agar bo'lganida harakat qilsak bo'lardi. Menda ham birinchi o'yin edi, oldin Superligada ishlamaganman. Sekin-asta kirishib boramiz. 

- Ko'p paytlarda 1 ta hujumchi bo'lib qolyapti...

- Biz hozir futbolchilarning holatidan kelib chiqib ish tutyapmiz. Ularda ruhan tushkun holat bor edi. Oldimizda salohiyatini, ruhiyatini tiklash turgandi. 

- Shogirdlaringizdan qaysi birining o'yini manzur keldi?

- Hech qachon hech kimni alohida ko'rsatmayman. Futbol jamoaviy o'yin. Unda bitta jamoa bo'ladi. Muxlislarimiz juda talabchan va ko'prog'iga loyiq. O'yindan oldin futbolchilar jamoaviy harakat qilishlarini aytishgandi. Boltaboev to'p yo'qotsa ortida Teydi bor, uning orqasida Azim bor. 

- Jamoani qiyin vaziyatda qabul qildingiz. Ikkilanish bo'lgani yo'qmi?

- Ikkilanish bo'lmadi, o'zim namanganlikman. Qo'rqqanimda yoki ikkilanganimda bu erda o'tirmagan bo'lardim. "Navbahor"da o'ynaganman. Qaysidir kun shu vaziyat kelishi kerak edi, chunki bizning ishimiz va bajarishimiz lozim. 

- Zabihillo O'rinboev, Umid Ergashev, Gilerme Gedesh, Sezar kabi futbolchilarni ko'rmadik. Ularning ko'rinmaganini sababi nima?

- To'g'ri. Zabihilloda mikrojarohat bor. Umidjon Ergashevda ham shunday. Sezar va Gedeshni mening qarorim bilan tarkibga kiritmadik, yoshlarga imkon berish to'g'riroq deb hisobladik. Agar raqobatda, mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa albatta tushiramiz. 

- "Navbahor" U-21 jamoasining taqdiriga aniqlik kiritsangiz...

- U-21 jamoasi bilan birgamiz va navbatdagi o'yinda maydonga tushamiz. 

- U-21 jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan edingiz. Bu yil jamoa yaxshi ketyapti. Ko'z ostingizga olib qo'ygan munosib futbolchilar bormi? 

- Namanganda doim iqtidorli yoshlar bo'lib kelgan. Endi ularni chiqarishga harakat qilyapmiz. Men bir kishini aytib o'tirmayman. Sekin-asta bosh jamoaga tortib boramiz. Yaxshi saviyadagi futbolchilar bor va ular etishib chiqadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика