So’nggi yangiliklar

21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  2 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  4 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  7 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  5 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  4 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  8

"Navruz Cup-2022". Bunaqasi faqat bizda bo'lsa kerak... Yangiliklar

"Navruz Cup-2022". Bunaqasi faqat bizda bo'lsa kerak...

Xabaringiz bor, ertaga, 29 mart kuni "Navruz Cup-2022" musobaqasining final va uchinchi o'rin uchun o'yinlari bo'lib o'tadi.

Uchinchi o'rin uchun bahsda Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi to'qnash kelsa, finalda O'zbekiston terma jamoasi Ugandaga qarshi maydonga tushadi. 

"Navbahor" futbol klubi telegramdagi rasmiy kanalida kecha 21:40da chiptalari to'g'risida post elon qilindi. 


"... 29 mart kuni bo'lib o'tadigan o'yinlari uchun chiptalar narxi muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirildi. Ertadan sotuvga chiqadigan chiptalar narxi barcha sektorlarga 20 000 so'm etib belgilandi. Asosiysi bitta chipta xarid qilib, 29 mart kungi 2 ta o'yin, yani, Tojikiston – Qirg'iz Respublikasi hamda O'zbekiston – Uganda terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz..." deyiladi postda. 

Ushbu xabarni ko'rgan zahoti xayolga bir savol keldi, final chiptasi yarim finalnikidan arzonroq-mi? SHaxsan men hali biror musobaqada yarim final chiptasi finalnikidan qimmatroq bo'lganini ko'rmaganman. Bunaqasi faqat bizda bo'lsa kerak. 

To'g'ri, bu ishning sababi muxlislarga qulaylik yaratish, deyish mumkin, ammo... Agar 30 ming so'm (yarim final o'yinlari uchun chipta narxi) tomoshabin uchun qimmat bo'lsa, nega bunday narx belgilangandi? Balki mutasaddilar terma jamoamiz biz hammamiz kutgan daradajadagi o'yin namoyish etib bera olmagani uchun, bu safar yarim finalga kelganlarning ham bir qismi kelmasligidan xavfsirab, narxni tushirishdimi? Yoki stadion hattoki Namanganda ham to'lmay qolganini ko'rgach, finalga ko'proq tomoshabin kelishi uchun shunday yo'l tutishdimi? Har ikki variantda ham yana yangi savollar paydo bo'ladi. Agar siz biror bir musobaqada final chiptasi yarim finalnikidan arzon bo'lganini bilsangiz, aytib, eslatib yuboring.

Bu erda asosiy muammo chipta narxi 30 yoki 20 ming so'mligida ham emas. Aslini olganda, fonogrammada qo'shiq "kuylab" beradigan bazi qo'shiqchilarimizning koncertiga 50, 100, 200 va undan qimmatroqqa ham chipta sotib olib kiradigan zamonda, yilda sanoqli o'yin o'tkazadigan mamlakat terma jamoasi o'yiniga hozirgidan qimmatroqqa bilet olsak ham arziydi. Takidlab o'taman, biz hozir aslo chipta narxi qimmat demoqchi emasmiz. SHunchaki yarim final chiptasi narxini finalnikidan qimmat qilib belgilagan insonlarga yuzlanmoqchimiz? Bunday harakatni qanday izohlash mumkin? 

Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика