So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

“Navro'z kubogi” – Farg'onada qoldi Yangiliklar

“Navro'z kubogi” – Farg'onada qoldi

Teglar :  Navro'z kubogi
Farg'onada o'tkazilgan yana bir musobaqa yakuniga etdi. 10 mart kuni start olgan “Navro'z Kubogi-2016”ning g'olibi aniqlandi.

Farg'ona viloyat futbol federaciyasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan turnirda 19 ta jamoa qatnashdi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoalar uch guruhga bo'lingan holda kurashga kirishgandi.

Kecha “Neftchi” futbol maktabiga qarashli (BO'SM) stadionda musobaqaning final uchrashuvi o'tkazildi. Hal qiluvchi bahsda Farg'ona davlat univetsitetining “FarDU terma jamoasi” va Beshariqning “Beshariq” klubilari maydonga tushishdi.

Final o'z nomiga yarasha qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa bejizga finalga qadar etib kelmaganliklarini isbotlashdi. Ayniqsa, “Beshariq” jamoasining hal qiluvchi uchrashuvgacha etib kelishi tahsinga sazovor. Ushbu jamoa so'nggi pallada musobaqada qatnashish istagini bildirdi va finalgacha etib keldi.

Uchrashuv raqibga nisbatan biroz tajribaliroq bo'lgan “FarDU terma jamoasi” hujumlari bilan boshlandi.

Taniqli mutaxassis Bahrom Haydarov boshqargan “FarDU terma jamoasi” safida ayni damda universtitetda tahsil olayotgan, turli jamoalar sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchilar to'p surishdi. SHu sababli muxlislar ushbu jamoani g'oliblik uchun asosiy davorga sifatida etirof etishgandi.

Uchrashuvda hisobni aynan “talabalar” ochishdi. Jarima to'pi amalga oshirilganidan keyin beshariqliklar darvozasi oldida pala-partishlik yuzaga keldi. Bundan esa “FarDU terma jamoasi” futbolchilari unumli foydalanishdi – 1:0.

Goldan keyin  beshariqliklar ham tez-tez hujumlar tashkil eta boshlashdi. Mana shunday hujumlarning biri darvozaning ishg'ol etilishi bilan yakun topdi. CHamasi 35 metrlardan tepilgan to'pni “FarDU terma jamoasi” posboni qaytara olmadi – 1:1.

Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakun topdi.

Tanaffusdan keyin har ikki jamoada ham gol urish uchun ko'plab vaziyatlar vujudga keldi. Ayniqsa, “talabalar” ikki marta yuz foizli imkoniyatdan foydalana olishmadi. Natijada o'yinning asosiy vaqtida durang natija qayd etildi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, darhol penaltilar seriyasiga navbat keldi. Futbol lotoreyasi ham futbol muxlislari uchun haqiqiy spektaklni taqdim etdi. Futbolchilar tomonidan ijro etilgan zarbalarning barcha golga aylanaverdi. Faqatgina 11-zarbaga kelganda “Beshariq” azosi xatoga yo'l qo'ydi. Natijada “FarDU terma jamoasi” penaltilar seriyasida 11:10 hisobida g'alabaga erishib, bosh sovrin egasiga aylandi.

“Navro'z Kubogi-2016”

Final

“FarDU terma jamoasi” – “Beshariq” – 1:1  penaltilar seriyasi – 11:10.

Hakamlar
: Ravshan Kapadze, Sanjar Rahmonov, SHoxrux Azamov.

“FarDU terma jamoasi”: SHerzod Turdaliev, Bobur Aminjonov, Alisher Nuraliev, Zuhriddin Rahmatov, Xursand Rahimov, Xayrullo Madaminov, Muhammmadsulton Fozilov, Iskandar Oripov, Faxriyor O'rinboev, Timur Mirzakarimov, Doston Rahimov.

Zaxira: Doston Mirzaraimov, Muhriddin Karimov, Akbar Mahmudov, Hakim Komilov, SHahboz Mo'minov.

“Beshariq”: Diyor Hamidov, Ravshan Mo'minov, Doston Rahimjonov, Doston Meliev, Oybek Kabirov, Doston Toshpo'latov, Sardor Mamadinov, SHerdor Turonov, Ulug'bek Abdusattorov, Doston Hamidov, O'tkir Mahmudov.

Zaxira: Zohid Nasriddinov, Bobur Isroilov, Otabek Mahmudov, Samandar Samiev, Abdulaziz Tursunaliev, Navro'z Yuldoshev, Doston Qayumov.


Aytgancha, bu yilgi bahslar oldidan yangi tashkil etilgan “Istiqlol” jamoasining ko'rsatgan o'yinlari ham muxlis va mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Ushbu jamoa hujumchisi Ozod Mamasiddiqov raqiblari darvozasini to'qqiz marta aniq nishonga olib musobaqa to'purari bo'ldi.

Final uchrashuvi yakuniga etgach, taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda Farg'ona viloyat Futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze, federaciya ijrochi direktori Hakim Fayziev, federaciya bosh mutaxassisi SHahobiddin Teshaboevlar ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimi avvalida Farg'ona viloyat Futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze so'zga chiqdi.

– Bugungi o'yin uchun sizlarga minnadorchilik bildiraman. O'ylaymanki, bu kabi shiddatli bahslar ikkinchi ligada ham davom etadi. Viloyatimizda futbolni yanada rivojlantirish uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu musobaqa bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q. Hali oldinda qilinadigan ishlarimiz ko'p. Buning uchun barchamiz bir tanu-jon bo'lib harakat qilsak o'ylagan maqsadimizga erishamiz.

SHundan keyin marosimining rasmiy qismi o'tkazildi. Avvaliga “Beshariq” jamoasiga ikkinchi o'ringa atalgan diplom topishirildi. Keyin esa g'olib jamoa – “FarDU terma jamoasi”ga kubok va diplom topshirildi.

Marosimning so'nggi qismida futbolchilar esdalik uchun suratga tushishdi.


20160330_113435

20160330_113428

20160330_132928

20160330_135614

20160330_135725

20160330_135846

20160330_135856

Abror Dehqonov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Яндекс.Метрика