So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Navoiyliklar Marg'ilonda sovrindor bo'lishdi Yangiliklar

Navoiyliklar Marg'ilonda sovrindor bo'lishdi

Teglar :  Navoiy
Kuni kecha Marg'ilon shahridagi “Mehnat” stadionida futbol bo'yicha O'zbekiston Konstituciyasining 23 yilligiga bag'ishlab 2002-2003 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida respublika ochiq turniri o'tkazildi.
Unda mezbonlardan tashqari, mamlakatimizning turli viloyat va shaharlaridan kelgan o'n ikkita jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Quraga ko'ra, musobaqaning “A” guruhidan Marg'ilondagi 1-bolalar va o'smirlar sport maktabi, Uchko'prik, Buxoro hamda Guliston shaharlaridagi bolalar va o'smirlar futbol maktablari jamoalari o'zaro kuch sinashdi.

Qolgan guruhlar esa quyidagicha ko'rinish oldi: “V” guruhi. “Navbahor” BO'FM (Namangan), “Neftchi” BO'FM (Farg'ona), BO'FM-2 (Uchko'prik), “Internat” (Navoiy shahri). “S” guruhi. “Internat” (Andijon), BO'FM-3 (Uchko'prik), BO'FM (Marg'ilon) hamda “Paxtakor” (Qo'qon).  

Musobaqada navoiylik yosh futbolchilar muvaffaqiyatli qatnashdilar. Guruh bosqichida Obid Jumaev hamda Zafar Toshboev murabbiyligida “Internat” jamoasi dastlab “Navbahor” futbolchilariga kichik farq bilan (3:4) yutqazgan bo'lsa, so'ngra “Neftchi” vakillaridan 1:0 hisobida ustun kelishdi. Uchko'priklik tengqurlari bilan kechgan bahsda navoiyliklar 3:0 hisobida zafar quchib, “pley-off” bosqichiga yo'llanma oldi.

Yarim finalda BO'SM-1 (Marg'ilon) Andijonning “Internat” jamoasini engdi - 2:1. Final yo'llanmasi uchun kechgan ikkinchi bahsda navoiyliklar “Navbahor”ni kichik hisobda dog'da qoldirib, guruhdagi mag'lubiyat alamini olishdi - 1:0.

Hal qiluvchi uchrashuvda mezbonlar “Internat” (Navoiy) bilan ro'baro' keldi. Unda  yagona to'p BO'SM-1 jamoasiga g'alaba keltirdi - 1:0. SHunday qilib, Obid Jumaev shogirdlari Marg'ilon turniridan kumush medal bilan uyga qaytishdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarga maxsus kubok, medallar hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi. SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar nomi elon qilindi. Navoiylik umidli futbolchi Elbek Saitov turnirning “Eng yaxshi hujumchisi” nominaciyasi bo'yicha maxsus sovrinni qo'lga kiritdi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика