Navoiyda mini-futbol bo'yicha faxriylar o'rtasida turnir bo'lib o'tdi
28 avg 2023 10:57
Yangiliklar


Navoiyda mini-futbol bo'yicha faxriylar o'rtasida turnir bo'lib o'tdi
26 avgust kuni "Yoshlar" sport majmuasining kichik maydonida “Qizilqum” PFK tashabbusi bilan mini-futbol bo'yicha faxriylar o'rtasida Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag'ishlab turnir tashkil etildi.
Turnirda viloyatning turli hududlaridan 4 ta faxriylar jamoalari ishtirok etgan musobaqa qizg'in tarzda o'tdi.
Do'stona ruhda o'tgan turnirning finalida ikki jamoa - "Qizilqum" hamda "Karmana" faxriylar jamoalari kuch sinashib, "Qizilqum" faxriylar jamoasi 3:1 hisobida zafar quchdi va turnir g'olibiga aylandi.
Yakunda faxriylar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, g'olib va sovrindorlar taqdirlanishdi.
O’xshash yangiliklar
13:31
Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi 3

Fikrlar