So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Navoiylik muxlislar Muborakka tashrif buyurishadi Yangiliklar

Navoiylik muxlislar Muborakka tashrif buyurishadi

Oxirgi turlarni muvaffaqiyatli o'tkazayotgan “Qizilqum” jamoasidan navoiylik muxlislarning umidlari katta.

To'qqizinchi turda Buxoroda “Buxoro” - “Qizilqum” uchrashuvini konchilarning olti yuz nafardan ziyod ishqibozi stadionning o'zidan turib tomosha qilishgandi.

Navoiyliklarning o'z suyuklilarini stadionning o'zidan turib faol qo'llab-quvvatlaganliklari  “Qizilqum” jamoasiga ruhiy dalda bo'ldi. Konchilarning uchrashuvning 3-daqiqasida o'z darvozalari to'ridan to'p olib chiqqan bo'lsalar-da, 70 va 90+2-daqiqalarda mezbonlar darvozasini ishg'ol etib uyga muhim g'alaba bilan qaytishdi.

“Qizilqum” ishqibozlar klubi navbatdagi turda ham o'z ananalariga sodiq qolishadi. 23 may kuni 10-tur doirasida Muborakda bo'ladigan “Mashal” - “Qizilqum” jamoalari bahsida ham navoiylik muxlislar konchilarni stadionning o'zidan turib qo'llab-quvvatlashga ahd qilishgan.

“Qizilqum” PFK rahbariyati o'z muxlislari tashabbusiga xayrixoh bo'lgan holda ishqibozlar uchun etarli shart-sharoit yaratib berishga harakat qiladi. Muborakda o'tadigan navbatdagi uchrashuvga Navoiydan besh yuz nafarga yaqin muxlis tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. SHu bois, o'yin oldidan maxsus avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yiladi.

Muxlislar Navoiy shahridagi “So'g'diyona” stadioni oldida jam bo'lishadi. Avtobuslar 23 may kuni soat 12.00 da Muborak tomon yo'lga tushadi. Qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar ishqibozlarni safarga olib borib kelishi tekin tashkil etiladi.

Murojaat uchun telefon -+998913333773, “Qizilqum” fan-klubi etakchisi SHahriddin Ishnazarov.

O'zlaringizni qiziqtirgan savollar bilan mazkur telefonga har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика