So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  21 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Navbatdagi qayta qurish yoki tartibsizlik: PSJda nimalar bo'lmoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Navbatdagi qayta qurish yoki tartibsizlik: PSJda nimalar bo'lmoqda? (mutolaa uchun)

Parij klubidagi o'zgarishlar haqida gaplashamiz.

Har mavsum oldidan PSJ rahbariyati azolari yangi loyiha boshlash haqida malum qilishadi. Jamoa, murabbiy va boshqaruvchilar orasida o'zgarishlar ro'y bermoqda, ammo bu natijalarga unchalik ham tasirini o'tkazmayapti. Parijliklar hatto malum bir muammolar bilan ham Franciya chempioniga aylanishdi, ammo CHempionlar ligasida muntazam ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashmoqda. Katta maqsadlarga ega klubning ketma-ket ikki yil CHL 1/8 finalidanoq chiqib ketishi aynan muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanishi kerak.



PSJ har mavsum boshida tarkibda bo'lmasa ham, murabbiylar shtabida qayta qurishni amalga oshiradi. Parijliklar bu safar barcha frontda yurish qilishga qaror qilishdi. Odatdagidek, birinchi qilinadigan ish – murabbiyni istefoga chiqarish qarori. PSJ Kristof Galte qo'l ostida Franciya chempionatini yutdi, ammo milliy Kubok va CHempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan chiqib ketdi. Rahbariyat mavsum yakunini qoniqarsiz deb baholadi shekilli, yana murabbiyni almashtirishga qaror qilindi.

Galte o'tgan mavsum so'nggida PSJda qolish xohishini malum qildi. Ammo, so'nggi yangiliklarga qaraganda, parijliklar murabbiyga shartnomani erta bekor qilishni taklif qilishgan. Mutaxassis klubga ijobiy javob bergan ko'rinadi, ammo tomonlar o'rtasida haligacha xayrlashish borasida kelishuvga erishilgani yo'q. Bu bir necha haftalardan buyon davom etmoqda. Francuzga Luis Enrike o'rinbosar bo'lib turibdi, ammo ish hujjatlarni rasmiylashtirishgacha etib bormayapti, sababi Galtening istefosi hali hal qilinmagan. Mutaxassis bilan muzokaralar yanada rivojlanayotgan bo'lishi mumkin, ammo sekin. Jarayonni Galtening policiya irqchilikda ayblab qo'lga olgani ham qiyinlashtirmoqda.

Aslida hozirda PSJda murabbiy yo'q, ammo klub faol tarzda tarkib bilan ishlamoqda. Ammo, parijliklar hozircha diqqatni ketayotgan o'yinchilarga qaratishmoqda. Klubni birinchi bo'lib jamoada chempionlik xarakteriga ega kam sonli o'yinchilardan biri Serxio Ramos tark etdi. Ispan Franciya poytaxtida aniq ortiqcha bo'lmasdi, ammo tomonlar shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi. Huddi shunday vaziyat erkin agent maqomida klubni tark etgan Lionel Messi bilan ham bo'ldi. Katta ehtimol bilan parijliklar argentinalikni saqlab qolishga juda ham urinishmadi. Ha, o'yinchining o'zi ham tribunadagi uning nomiga bo'lgan muntazam hushtaklarni hisobga olganda, qolish ehtimoli past edi.



PSJdan hozircha faqatgina Ramos va Messi ketdi, ammo bunday futbolchilar ko'proq bo'lishi mumkin va ular muhim o'yinchilardir. Neymarning kelajagi shartnomasi yana 2 yilga mo'ljallangan bo'lsa ham, noaniq bo'lib qolmoqda. OAV xabariga ko'ra, parijliklar braziliyalikni sotishni xohlashmoqda va buni yaxshi qaror deb nomlash qiyin. Franciya chempionlari allaqachon Messidek jamoaning eng yaxshi assistentini yo'qotishdi, endi esa yana bir uzatmalar muallifini rad etishmoqda. Jarohatga moyillik muammosi Neymar uchun aktual bo'lib qolmoqda, ammo braziliyalik yaxshi formada bo'lganda, hujumda jamoaga ko'p foyda olib keladi.

PSJ shuningdek Marko Verratti bilan xayrlashmoqda. Italiyalikni parijliklarning maydon markazidagi eng yaxshi o'yinchi deb nomlash mumkin. Ammo, mish-mishlarga ko'ra, ularga xavbekning past samaradorligi, professionalizmi va maydon tashqarisidagi harakatlari yoqmaydi. U bilan birga klubni Fabian Ruis, Karlos Soler va Renatu Sanshesh tark etishi mumkin. SHu bilan birga, ijaradan Mauro Ikardi, Keylor Navas, Jorjino Veynaldum, Kolin Dagba, Yulian Draksler, Leveyn Kuraza, Leandro Paredes va nimadir qilish kerak bo'lgan bir necha yosh o'yinchilar qaytadi.

Ayniqsa, Kilian Mbappening kelajagi borasidagi savol o'rtada turibdi. Yana. PSJ o'tgan yozda o'yinchi bilan 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma uzaytirilganini xabar qildi. Keyinroq kelishuv yana 1 yilga uzaytirish bandi bilan 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgani malum bo'ldi. Bu esa klubning emas, futbolchining huquqi. Mbappe bu bandni faollashtirmoqchi emasligini malum qildi. SHunday qilib shartnoma uzaytirilganidan bir yil o'tib uning kelajagi borasidagi savol so'roq ostida turibdi. OAV xabariga ko'ra, parijliklar bu safar o'yinchini saqlab qolish uchun barchasini qilishmaydi va uning sotuvini ko'rib chiqishadi.



Hozircha bemalol PSJda qayta qurish ketmoqda deb aytish mumkin emas. Ammo, parijliklar muhim xavbeklar va hujumdagi eng yaxshi o'yinchilar, ular bilan esa bir qator boshqa futbolchilarni sotishsa, bu qayta qurishga juda o'xshash bo'ladi. Ularning o'rnini kim egallashi esa boshqa masala. Samaradorlik bo'yicha Neymar va Mbappe bilan solishtirish mumkin bo'lgan o'yinchilar juda kam. Verratti kabi bu ikkalasini ham almashtirish juda qiyin bo'ladi. Sifatli yarim himoyachilar "Vest Xem"dan Deklan Raysning ketishi bilan bog'liq vaziyat ko'rsatganidek juda ham yuqori baholanmoqda. Ha, Navas to'liq ketsa ham, Janluiji Donnarumma sifatli o'rinbosar bo'lmaydi.

PSJda shunday vaziyat hukm surmoqda-ki, javoblardan savollar ko'p. Kim yakunda jamoani boshqaradi? Klub qaysi yo'nalishda harakatlanadi? Parijliklar etakchilari bilan nima bo'ladi? Boshqalar qatori Franciya chempionlarini sport direktori Luish Kampush ham tark etishi mumkin. Unga ham rahbariyatning savollari bor. Boshqaruvchi Galte qo'l ostida tarkibni yig'di, ammo u murabbiyni ham haydashmoqda. Portugaliyalikning yangi bosh murabbiy bilan ishlash yoki ishlamasligi ham nomalum. Boshqa klublar to'liq tarkibni kuchaytirish ustida ishlayotgan bir paytda, parijliklar umuman hech narsa qilishmayapti. PSJning yana bir bor qayta qurishni amalga oshirishiga ishoralar bor, ammo aslida barchasi ko'proq xaosga o'xshab ko'rinmoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика