So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  57 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

“Navbahor”ning kechagi mashg'uloti haqida FOTOGALEREYA Yangiliklar

“Navbahor”ning kechagi mashg'uloti haqida FOTOGALEREYA

Teglar :  Navbahor
Kecha Namangan shahriga tashrif buyurib, “Navbahor”ning kechgi mashg'ulotini bevosita stadionda turib kuzatishga muvaffaq bo'ldik.

Tushlikdan keyingi mashg'ulot shahardagi “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy maydonida bo'lib o'tdi.

Soat 15:00da boshlangan mashg'ulot qariyb 1 soat davom etdi. Tarkibdagi jiddiy o'zgarishlar yo'q. Mo'ydin Mamazulumov (“Lokomotiv”), Akram Bahridinov (“Navbahor”), Obid Jo'raboev (“Olmaliq”), Sanjar Asqaraliev (“Andijon”), Temur Ayupov (“Buxoro”), Zokirshox Nurmatov (“Neftchi”) kabi oliy liga klublaridan tashrif buyurgan futbolchilar bilan birga quyi ligadan ham ko'plab yoshlar ayni damda “lochinlar”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida o'zidan yaxshi taassurot qoldirish maqsadida astoydil ter to'kmoqda. 


Mashg'ulotlarda bosh murabbiy Rashid G'ofurovga yaqin o'tmishning mohir hujumchlaridan biri bo'lgan SHuhrat Mirxoldirshaev yaqindan yordam berayotganini aytish joiz. Takidlash lozimki, SHuhrat Mirxoldirshaev mashg'ulot chog'ida futbolchilarga nisbatan talabchanligi bilan etiborimizni tortdi. Murabbiy sifatida ham astoydil ishlashni istayotganini payqash qiyin emas. SHuningdek mahalliy murabbiylar – Mustafo Bayramov bilan SHerzod Jo'raev ham asosiy tarkib mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu murabbiylar o'tgan yili yoshlar jamoasida faoliyat yuritgandi. Ayni damda esa yoshlar bilan Durbek Umaraliev mashg'ulot o'tkazayotgani malum bo'ldi. Aytishlaricha namanganliklarning yig'ini 15 yanvardan Toshkentga ko'chadi. Poytaxtdagi yig'in chog'ida etiborga molik transferlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda bosh murabbiy Rashid G'ofurov saytimizga bergan intervyusida malum qildi. Bu haqda keyinroq. Saytimizni kuzatib boring.

Islombek Rustambekov.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика