"Navbahor"ning Jizzaxdagi g'alabasiz seriyasi davom etadi. "Neftchi"da ketma-ket ikkinchi g'alaba -Superliganing 18-turiga oid qiziqarli faktlar
11 sen 2022 19:52
Yangiliklar
"Navbahor"ning Jizzaxdagi g'alabasiz seriyasi davom etadi. "Neftchi"da ketma-ket ikkinchi g'alaba -Superliganing 18-turiga oid qiziqarli faktlar
Quyida mazkur bahslarga oid qiziqarli faktlar bilan bo'lishamiz.
Bunyodkor Dmitrie Pobulich - 11' |
Superliga. 18-tur 08/09/2022, 18:30 2
:
1
Tugadi
|
Neftchi Fozil Musayev - 45', Mirzohid G’ofurov - 52' |
— "Neftchi" "Bunyodkor"ni safarda 2015 yil mag'lub etishga erishgan. Bu farg'onaliklarning "Bunyodkor" maydonida qo'lga kiritgan hozigacha bo'lgan yagona va oxirgi g'alabasi bo'lib turgandi. Klub o'z tarixida ikkinchi bor mehmonda "qaldirg'ochlar" ustidan zafar quchdi.
— Umumiy o'zaro o'yinlarga ko'ra, "Neftchi" oxirgi marotaba 2016 yil uyda poytaxt klubini taslim qilgandi. Keyingi 8ta uchrashuvning barchasida "Bunyodkor" uch ochkoga ega chiqqan. Demak 8ta o'yinlik qora anana tugadi.
— Vitaliy Levchenko shogirdlari joriy yil ilk bor ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozondi.
— Mazkur uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Viktor Karpenko istefoga chiqarildi. Uning o'rniga tayinlangan Ivan Boshkovich bu mavsum hisobidan uchinchi murabbiy bo'ldi. Bunday holat yaqin yillarda yuz bermagan edi.
— "Qo'qon-1912" bu mavsumda ketma-ket 7ta uchrashuvda durang natija qayd etdi. Jamoa so'nggi bor 8-turda mehmonda "Lokomotiv" ustidan g'alabani tantana qilgandi.
— AGMK qatorasiga uchinchi yil "Qo'qon-1912"ni mehmonda mag'lub etishni uddasidan chiqa olmayapti.
— O'zaro o'yinlardagi ustunlik hamon olmaliqliklar tomonida qolmoqda, 10ta g'alaba.
Paxtakor Pshemislav Banashak - 34', Abbosbek Fayzullayev - 56' |
Superliga. 18-tur 09/09/2022, 19:30 1
:
2
Tugadi
|
Metallurg Zabihillo O’rinboyev - 24' |
— "Metallurg"ga 11 yildan beri Toshkentda "Paxtakor"dan ochko olish nasib qilayotgani yo'q. Toshkentda Superliga doirasida o'zaro 26 marotaba to'qnash kelishdi. Mazkur uchrashuvlarda mutloq ustunlik "sherlar" tomonida. Ular o'tkazilgan 26 bahsdan 24tasida g'alaba qozonishganini aytish joiz. 2ta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgandi. Bekobodliklar oxirgi marotaba poytaxtda 2011 yilgi mavsumda ochko ishlashni uddasidan chiqqan edi.
— Zabihillo O'rinboev ushbu mavsumda o'z gollari hisobini ochdi. "Metallurg"dagi birinchi golini urdi. Buning uchun unga 18ta uchrashuv kerak bo'ldi. SHuningdek, 2021 yil oktyabr oyidan beri birinchi marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi.
— "Paxtakor"ning polshalik hujumchisidan ajoyib statistika. 6ta o'yin, 3ta gol va 3ta golli uzatma.
— "Navbahor" 2006 yildan beri Jizzaxdan g'alabasiz qaytmoqda. Jamoalar shu kuni "So'g'diyona" markaziy stadionida 27-marotaba to'qnash kelishdi. Katta ustunlik maydon egalarida qoldi, 19ta g'alaba. Namangan jamoasi 5 marotaba uch ochko bilan ortga qaytgan. "Navbahor" Superliga doirasida oxirgi marotaba Jizzaxda 2006 yilgi mavsumning 14-turida zafar quchgandi.
— Namanganliklarning Superligadagi golli seriyasi yakunlandi. Jamoa so'nggi marotaba 12-turda "Metallurg" darvozasiga yo'l topa olmagandi.
— 0:0 hisobi bilan tugagan o'yinlar bu mavsumda "So'g'diyona"da 2tani, "Navbahor"da 4tani tashkil qilmoqda.
Fikrlar