So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  2 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

"Navbahor"ning g'alabasi va Toshkentdagi durang haqida Yangiliklar

"Navbahor"ning g'alabasi va Toshkentdagi durang haqida

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

Bugun 2 ta o'yin o'tkazildi.

"Navbahor" 2:1 "Bunyodkor"

"Lokomotiv" 2:2 "Andijon"

Mazkur uchrashuvlar haqida bazi faktlarni keltiramiz.

Namangandagi o'yin

1. Zabixillo O'rinboev Superliganing joriy mavsumidagi birinchi golini urdi. U O'zbekiston chempionatidagi oxirgi golini o'tgan yilning noyabr oyida urgan edi.

2. SHuhrat Maqsudov "Navbahor"ga murabbiylik faoliyatida ilk bor engildi (oldingi 2 o'yinning birida kuchlar teng kelgan, bir bor zafar quchgandi).

3. Sardor Telyakov gol urgan 2-o'yinda ham "lochinlar" 3 ochkoli bo'lishdi. U 13-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ham raqib darvozasini ishg'ol qilgan va o'yin namanganliklar foydasiga hal bo'lgandi.

4. "Bunyodkor" qatorasiga 3-o'yinda g'alaba qozonolmadi.

20-tur. "Nasaf" 5:0 "Bunyodkor"

21-tur. "Bunyodkor" 1:1 AGMK

22-tur. "Navbahor" 2:1 "Bunyodkor"

6. "Navbahor" uy o'yinlaridagi 7 va 8-gollarini urdi (11-o'yinda). Bu Superligadagi eng yomon natija ("Turon" bilan birga).

7. "Bunyodkor" safar o'yinlaridagi 7-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu borada faqat "Metallurg" va "Surxon"gina "qaldirg'ochlar"dan yomonroq natija ko'rsatyapti.

8. Bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar orasidan Tohir Rafaelov ilk bor Superliga o'yinida qatnashdi (zaxirada o'tirdi).

9. Uchrashuvni 5 127 kishi stadionning o'zidan tomosha qildi.

Toshkentdagi o'yin

1. Samuel Opex "Lokomotiv" libosida 1-marta to'liq taym o'tkazdi. U "temiryo'lchilar" tarkibiga yozda "Oqtepa" jamoasidan kelib qo'shilgandi.

2. "Andijon" Farhod Sohibjonov gol urgan 2-o'yinda ham mag'lubiyatga uchramadi. 

3. Bugun 2002 yilda tug'ilgan Nurmuhammad Toshpo'latov "Loko" tarkibidagi debyutini nishonladi.

4. "Andijon" qatorasiga 4-turda mag'lub bo'lmadi.

5. "Loko" qatorasiga 5-o'yinda ham 2 ta gol urdi.

6. "Andijon" mavsumda 2-bor 1 o'yinda 2 gol urdi.

7. Bugungi durangdan keyin Kumikov shogirdlari autsayderlar zonasidan yuqoriladi.

8. Bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar orasidan Islombek Mamatkazin ("Andijon") va SHohrux Isoqov ("Lokomotiv") ilk bor Superliga o'yinida qatnashdi (zaxirada o'tirishdi).

9. "Andijon" 2010 yildan beri "Lokomotiv"ni engolmaydi.

10. Bugungi uchrashuvni 470 kishi stadionning o'zidan tomosha qildi.

Superliga. "Turon" 2 oydan keyin ochko ishladi, "Paxtakor" 20 yildan beri...

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика