"Navbahor"da sobiq murabbiylar masalasi ijobiy hal etildi

Оқил Абдубарноев
10 dek 2021, 21:13
"Navbahor" PFK hamda rossiyalik murabbiylar - Aleksey Belenkov va Andrey Kanchelskis bilan bog'liq masala ijobiy yakun topdi.

“Navbahor” PFK hamda rossiyalik murabbiylar - Aleksey Belenkov va Andrey Kanchelskis bilan bog'liq masala ijobiy yakun topdi. Klub va uning sobiq murabbiylari har ikki tomonni qanoatlantiradigan kelishuvga erishishdi. Tomonlar bir-birlariga etirozlari yo'qligini, ushbu masalaning huquqiy maydon tamoyillariga asoslangan holda hal etilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Klub tomonidan “Navbahor” PFKni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turgan, hamkorlikka tayyorligini bildirib, yordamini ayamagan O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamda Professional Futbol Ligasi rahbariyatiga, klub bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan “THEMIS LEGAL” sport yuridik firmasi yuristlari Xusanbaev Akmal va Liverko Angelinaga, ular bilan aloqa o'rnatilishida beminnat yordam bergan Championat.asia sayti rahbari G'ayrat Xasbiullinga, shuningdek, “Navbahor”ning o'zbek futboli jamoatchiligi hamda jahon hamjamiyati oldidagi obro'sini saqlash yo'lida kecha-yu kunduz tinimsiz mehnat qilgan “Navbahor” PFK rahbariyati, umuman, mazkur jarayonga aloqador barchaga minnatdorlik bildirildi.



O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати