"Navbahor" rahbariyatida o'zgarish
08 apr 2019 14:45
Yangiliklar
"Navbahor" rahbariyatida o'zgarish
Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov ham ishtirok etishdi. Yig'ilishda “Navbahor” jamoasining joriy mavsumdagi ishtiroki muhokama qilindi. SHuningdek, tashkiliy masala ham ko'rildi. Unga ko'ra, shu kunga qadar “Navbahor” PFK direktori lavozimida faoliyat olib borgan Akmal Rahmonov o'z lavozimidan ozod etildi. Klub rahbariyati tomonidan Akmal Rahmonovga minnatdorchilik bildirilib, keyingi faoliyatida omad yor bo'lishi takidlandi.
Klub direktori lavozimiga esa futbolchilik faoliyati davomida “Navbahor”da to'p tepgan, keyinchalik sevimli jamoamizda turli lavozimlarda, shuningdek, “Mashal” hamda “Bunyodkor” klublarida faoliyat olib borgan, ulkan tajribaga ega bo'lgan, “Navbahor”ning 1996 yilgi mavsumda chempionlik unvonini qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shgan, o'tgan mavsumda ham jamoada malum muddat ishlagan Baxtiyor Boboev tayinlandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar