Navbahorda darvozabonlar bilan kim ishlamoqda?

Narzulla Saydullayev
6 fev 2018, 08:30
O'tgan mavsum super ligada ishtirok etib, 5-o'rinni band etgan Navbahordan muxlislar joriy yilda ham ijobiy natija kutmoqda.

Bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov klubning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tarkib tuzmoqda. Ayrim yetakchi futbolchilar jamoa safini tark etgan bo'lsada, lochinlar ustozi ularning o'rnini boshqalar bilan to'ldirishga urinmoqda.

Murabbiylar shtabida ham kichik bir o'zgarish yuz bergan ko'rinadi. Gap shundaki, o'tgan yili Navbahorda darvozabonlar bilan mahalliy murabbiy Ilhom Abduqodirov shug'ullangandi. Ammo namanganliklarning poytaxtdagi yig'ini chog'ida biz ushbu postda Shavkat Abduxo'jaev faoliyat yuritayotganiga guvoh bo'ldik. Bungacha Andijon, Obod, So'g'diyona kabi jamoalarda darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlagan Abduxo'jaev o'z vaqtida yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan. Jizzaxliklar bilan xayrlashgach, ushb murabbiyni hech qaysi jamoada uchratmayotgan edik. Aftidan uni Ilhom Mo'minjonov Navbahor murabbiylar shtabiga qo'shib olgan ko'rinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia