"Navbahor": Yoshlarimiz Do'rmonov shogirdlari bilan durang o'ynashdi
28 mar 2016 17:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202971_original.jpg)
![](/upload/storage/202971_220.jpg)
"Navbahor": Yoshlarimiz Do'rmonov shogirdlari bilan durang o'ynashdi
Avval xabar berganimizdek, yoshlarimiz yuzaga kelgan tanaffusda o'yin amaliyotini saqlab turish maqsadida nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishmoqda. Oldingi gal yoshlarimiz birinchi liga vakili “Kosonsoy” bilan bahs olib borishgandi. Bu safar futbolchilarimizga birinchi liganing yana bir jamoasi Uychining “Xotira-79” raqiblik qildi. Uychida bo'lib o'tgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang kuzatildi. Yoshlarimizning gollariga Ilhom Aliboev va Akbarali Xoldorovlar mualliflik qilishdi. SHu o'rinda, “Xotira-79” jamoasida muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan Rustam Do'rmonovni murabbiy sifatida ish boshlaganligini qo'shimcha qilish joiz. Faoliyati davomida “Navbahor”da ham to'p surishga ulgurgan Do'rmonov endilikda Uychida ish yuritadigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar