"Navbahor": Yosh futbolchilar sharaflandi
01 jan 2014 09:34
Yangiliklar

"Navbahor": Yosh futbolchilar sharaflandi
Namangan shahridagi Orzu tantanalar majmuasida Navbahor futbol klubi qoshidagi 17-sonli Olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar Navbahor-Umid futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir bejizga yangi yil bayrami arafasida o'tkazilmaganligini etirof etish joiz. Zero, yakuniga etgan 2013 yilda futbol maktabi tarbiyalanuvchilari qator musobaqalarda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritib, Navbahorning kelajagi ishonchli qo'llarda ekanligini amalda namoyish etib berishdi.
Yangi yil bayrami va futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini taqdirlash maqsadida o'tkazilgan tadbirda yosh futbolchilarning ota-onalari ham ishtirok etishdi. SHu kuni tarbiyalanuvchilar uchun chin manoda bayram uyushtirib berildi. Bir piyola choy ustida jam bo'lgan yosh futbolchilar sanatkorlarning chiqishlaridan ham zavq olish bilan bir qatorda davrani ham qizitishdi. Murabbiylar, ota-onalar va mehmonlar tadbir davomida so'z olib, barchani yangi yil bilan muborakbod etish bilan bir qatorda futbol maktabida tahsil olayotgan yosh futbolchilarni keyingi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilashdi.
Navbahor-Umid futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 2013 yil davomida O'zbekiston futbol federaciyasi, O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik taqvimga ko'ra Respublika, viloyat birinchiliklarida ishtirok etib munosib o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Jumladan 2013 yilning may oyida Toshkent shahrida 1999 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston birinchiligi Yoshlik kubogida farxli 3-o'rin;
Namangan shahrida sentyabr oyida 1998 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston birinchiligida farxli 1-urin;
1997-1998 va 1999-2000 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi oliy va birinchi liga jamoalari tayyorlov guruhlarining O'zbekiston CHempionati vodiy mintaqasida muvaffakiyatli qatnashib, final boskich yullanmasi qo'lga kiritildi.
Namangan shahrida noyabr oyida O'zbekiston oliy liga professional klublari qoshidagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining 2002 yilda tug'ilgan bolalari o'rtasida O'zbekiston CHempionatida farxli 1-o'rin;
9-20 dekabr kunlari Namangan viloyati hokimi kubogi musobaqasida futbol maktabining 1995-1997 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari tengqurlari o'rtasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib faxrli 1-o'rin.
Joriy yilda ikkinchi liga jamoalari o'rtasida o'tkazilgan Namangan viloyat birinchiligida ham futbol maktabining Navbaxor-Umid jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyatlar samarasi o'laroq bugungi kunda futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining ko'pchiligi oliy, birinchi liga va yoshlar birinchiligida ishtirok etib kelishmoqda. SHu bilan birgalikda futzal jamoalarida ham aynan ushbu futbol maktabi tarbiyalanuvchilari munosib tarzda faoliyat yuritib kelishmoqda. Umumiy hisobda ayni paytda 17-Olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar Navbahor-Umid futbol maktabida 318 nafar shug'ullanuvchi 28 ta guruh mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. Ularga 14 nafar malakali murabbiylar millonlar o'yini sir-asrorlarni o'rgatib kelishmoqda.
Tadbir davomida Namangan viloyat hokimligining madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i, Navbahor futbol klubi vice-prezidenti Rasuljon Nizambaev so'z olib, yig'ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan qutladi. SHu bilan birgalikda, futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga kelgusida ham muvaffaqiyatli tarzda to'p surib, Navbahor va terma jamoalarimiz sharafini munosib tarzda himoya qiladigan futbolchi bo'lib etishishlariga tilak bildirdi. SHundan so'ng, 2013 yil davomidagi turli musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan futbolchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlarga medallar, diplom va esdalik sovg'alarini Namangan viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Bahromjon Xolmirzaev, Navbahor futbol klubi ijrochi direktori G'anisher Ismailov, O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash jamoat fondining Namangan viloyati bo'limi boshlig'i Mashrabjon Alixanov va Navbahor-Umid futbol maktabi direktori Akmal Rahmanovlar topshirishdi.
Futbol maktabining yosh tarbiyalanuvchilarini ham mukofotlardan quruq qolmaganliklarini etirof etish joiz. Xususan murabbiylar o'rtasida o'tkazilgan so'rov yakunlariga ko'ra to'rtta yosh toifasidagi yosh futbolchilar turli nominaciyalarda yilning eng yaxshilari deb topilishdi. Ularga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi. SHu bilan birgalikda, futbol maktabida munosib tarzda faoliyat yuritib kelayotgan murabbiylar Rahim G'ofurov va Azam Radjabbaevlar ham homiylar tomonidan taqdirlanishdi. Bayram kechasi so'nggida futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga yangi yil sovg'alarini ulashishi esa yoshlarning kayfiyatini yanada ko'tardi. Xullas tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari Orzu majmuasini hursandchilik bilan tark etishdi. O'z navbatida bu kabi etibor yosh futbolchilarga kelgusi musobaqalarda o'ziga hos g'alaba ruhini berishi turgan gap.

Fikrlar