"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni bosh murabbiysiz boshladi
11 dek 2019 13:01
Yangiliklar


"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni bosh murabbiysiz boshladi
10 dekabrdan "Navbahor" mahalliy futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Ilk mashg'ulot kecha “Markaziy” o'yingohning zaxira maydonida o'tkazildi. Tayyorgarlikni “Navbahor”ning yordamchi murabbiylari - Azam Rajabboev va Mustafo Bayramov olib borishdi.
Takidlash joizki, dastlabki mashg'ulotda mahalliy o'yinchilar bilan birgalikda rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov ham ishtirok etdi.
SHuningdek, tayyorgarlik jarayoni davomida namanganlik yosh hamda iqtidorli futbolchilarning ko'rikdan o'tishayotganligini ham aytish joiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar