So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

"Navbahor" yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini tashkil etdi Yangiliklar

"Navbahor" yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini tashkil etdi

Superliga-2025 startiga ham oz fursat qolmoqda.

“Navbahor” klubi yangi mavsum oldidan Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi "Markaziy" stadionida taqdimot marosimini o'tkazdi, deb xabar berdi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov, sektorlar rahbarlari, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatov boshchiligidagi klubimiz rahbariyati va xodimlari, “Markaziy” o'yingoh DUK rahbariyati hamda xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilari, muxlislar ishtirok etishdi. 

Marosimda viloyatimiz rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov so'zga chiqib, “Navbahor” milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon Superligamizning muntazam ishtirokchisi, o'z nomiga ega, sovrindor jamoalardan biri ekanligini takidlagan holda, jamoa yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rganligi, o'quv-mashg'ulot yig'inlari BAA va Turkiyada olib borilganligi, u erda xorij jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazilganligini takidladi. 

Shuningdek, viloyatimiz hokimi “Navbahor” tarkibiga asli namanganlik bo'lgan hamda yosh va iqtidorli futbolchilar jalb etilishganini aytgan holda, yangi mavsumda “lochinlar”ga omad yor bo'lishini tiladi. 

Shundan keyin o'tgan mavsumda 3-o'rinni qo'lga kiritgan “Navbahor” murabbiylar shtabi azolari va futbolchilarga bronza medallarini viloyat rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov hamda sektor rahbarlari tantanali ravishda topshirishdi. 

So'ngra, futbolchilarga yangi mavsum o'yinlarida maydonga tushadigan futbolkalar topshirildi. 


Yangi mavsumda Umidjon Ergashev - 1, Shukron Yo'ldoshev - 16, Shahzod Toirov - 4, Sherzod G'ulomjonov - 6, Azimjon Ahmedov - 7, Shohmalik Komilov - 8, Zabihillo O'rinboev - 9, Shahzodbek Ubaydullaev - 10, Po'latxo'ja Xoldorxonov – 11, Saidazamat Mirsaidov – 12,  Benjamin Teydi - 13, Javohir Abdujabborov-15, Ruslanbek Jiyanov - 17, Mirzohid G'ofurov – 19, Rian Islomov - 21, Asadbek Jo'raboev - 22, Jahongir Tursunov - 23, Pedro Karvalo - 29, Muhammadbobur Mo'ydinov - 32,Sergey Karpovich - 33, Guedes Gilerme - 36,Alisher Odilov - 37, Komiljon Tojidinov - 55,Abbosjon G'ulomov - 70, Navro'zbek Iminjonov - 71, Igor Gabriel - 99-raqamlar ostida harakat qiladigan bo'ldi.


"Keyin esa jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan va tajribali himoyachi Mirzohid G'ofurov so'zga chiqib, yangi mavsumda ijobiy natijalarga erishish, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlarini takidlashdi. 
Shuningdek, tadbir davomida jamoaning murabbiylar shtabi azolari tanishtirib o'tildi, muxlislar tomonidan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga milliy libosimiz - to'n va Chust do'ppisi sovg'a qilindi, monitorda maxsus tayyorlangan 2024 yilgi mavsumning eng yorqin lahzalari aks etgan videorolik namoyish etildi.

Shu tariqa, bugungi taqdimot marosimi ko'tarinki ruh va kayfiyatda bo'lib o'tdi", - deyiladi xabarda. 



Foto: "Navbahor" PFK matbuot xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика