So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

“Navbahor” yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“Navbahor” yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingoh foyesida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi.




Mazkur marosimga faxriy mehmon sifatida taniqli sport jurnalisti va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov, namanganlik taniqli qiziqchi Iskandar Hamroqulov ishtirok etishdi.

Marosim davomida “Samo” guruhi o'zining dilrabo kuy-qo'shiqlari bilan muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

SHuningdek, katta monitorda “Navbahor” Media va matbuot xizmatlari xodimlari tomonidan tayyorlangan “Navbahor”ga bag'ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

Taqdimot marosimini Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati azosi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov ochib berdi.

Xayrullo Hayitbaevich o'z so'zida mazkur marosimga tashrif buyurgan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligini bildirgan holda, muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev millionlar o'yini bo'lgan futbolga ulkan etibor qaratayotganliklari, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi hamda buning samarasi o'laroq, viloyatda ham millionlar o'yiniga etibor katta bo'layotganligi, jumladan, yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga yuksak maqsad qo'yilayotganligi, bu yil Pro-ligada Namangandan 2ta jamoa qatnashishi, 2020 yili “Navbahor” o'z tarixidagi

2-chempionlik unvoni hamda joriy yilda final o'yini Namangandagi “Markaziy” o'yingohda o'tkaziladigan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishiga tilak bildirdi.

SHuningdek, Xayrullo Bozorov jamoa tarkibiga yangi mavsum arafasida ancha saviyali futbolchilar jalb etilishgani, ular bilan jamoa o'z oldiga qo'yilgan maqsadiga erishish imkoniyati yuqori ekanligini bildirdi.


Bundan tashqari, Xayrullo Hayitbaevich jamoa muxlislarini ham alohida etirof etib, 2020 yil taqvimiga ko'ra, “Navbahor” ilk turni safarda amaldagi mamlakat chempioni “Paxtakor”ga qarshi o'tkazishida ramziy mano borligi, jamoa ayni paytda poytaxtliklarga munosib raqib ekanligini takidlab, o'z so'zini yakunladi.

SHundan so'ng, so'z navbati “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskisga berildi.

Andrey Kanchelskis o'z so'zida yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidan qoniqqanligi, bo'lajak mavsumda jamoaning oldiga qo'yilgan maqsad yo'lida samarali mehnat qilishini takidladi.


Keyin esa jamoa darvozaboni O'tkir Yusupov so'zga chiqib, muxlislarga o'z minnatdorchiligini bildirib, yangi mavsumda jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi uchun barcha imkoniyatini ishga solishini aytdi.


So'ngra so'z navbati taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidovga berildi.

Xayrulla Hamidov o'z so'zida “Navbahor” boshqa jamoalardan to'rt jihati bilan ajralib turishi, ushbu to'rtta jihat klub rahbariyati, jamoa bosh murabbiyi, futbolchilar va muxlislarning birdamligi ekanligini takidlab, yangi mavsumda jamoaga omad yor bo'lishini tiladi.


Keyin esa namanganlik taniqli qiziqchi Iskandar Hamroqulov o'zining ichakuzdi hangomalari bilan muxlislarga kulgi ulashdi hamda yangi mavsumda “Navbahor”ga omad tilagan holda, o'z so'zini yakunladi.
 


SHundan so'ng, marosimning asosiy qismiga o'tilib, jamoa azolariga yangi mavsumda to'p suradigan raqamlari yozilgan futbolkalar topshirildi.

Ushbu futbolkalarni futbolchilarga Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associacisi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov topshirishdi.

Jamoaning yangi azolari - himoyachi Xurshid Muxtorov - 28, yarim himoyachi Islom Isoqjonov - 11, hujumchi Husayn Ergashboev - 77, yarim himoyachi Javlon Ibrohimov - 8, darvozabon Islom Abdullaxonov - 13, yarim himoyachi Islom Rashidxonov - 27, himoyachi Tohir SHamsitdinov - 33, hujumchi Anvar Hojimirzaev - 94, yarim himoyachi Sardor Telyakov - 18, hujumchi Ruslan Bolov - 88, hujumchi Zabihillo O'rinboev - 95, himoyachi SHahzod Hamidov - 4-raqamli futbolkalarni qabul qilib olishdi.
 


Bundan tashqari, “lochinlar” sharafini o'tgan mavsumda himoya qilgan va amaldagi shartnomalari muddatini uzaytirgan darvozabon O'tkir Yusupovga – 1, yarim himoyachi Azimjon Ahmedovga - 7, yarim himoyachi Ivan Solovyovga - 9, himoyachi Komiljon G'iyosovga - 5, himoyachi Obid Jo'raboevga - 15, himoyachi Mirzohid G'ofurovga - 19, himoyachi Igor Golbanga - 22, yarim himoyachi Abbos G'ulomovga - 70, yarim himoyachi Abdujamol Isroilovga - 30, yarim himoyachi Amirbek Jo'raboevga - 20, yarim himoyachi Abdulhay Ismoilovga - 17, yarim himoyachi Komil Tojiddinovga - 21- raqamlar tushirilgan futbolkalar topshirildi.


Keyin esa so'z navbati “Navbahor”ning ashaddiy hamda fidoiy muxlisi Lutfullo Abdurahmonovga berildi.

Lutfullo Abdurahmonov barchani yangi mavsum bilan tabriklab, yig'ilganlarga “Navbahor”ga atalgan sherlaridan o'qib berdi.


So'ngra, mazkur tadbirning faxriy mehmoni Xayrulla Hamidovga Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Bozorov “Navbahor” emblemasi tushirilgan kepka, sharf va futbolka topshirdi.

SHu tariqa, taqdirlash marosimi o'z yakuniga etdi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика