So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  7 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

"Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv boshqa sanada o'tkaziladi Yangiliklar

"Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv boshqa sanada o'tkaziladi

Bunga JCH-2026 saralashi doirasidagi Qatarga qarshi o'yin sabab.

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 11 noyabr kuni Qatarga jo'nab ketadi. Jamoamizni 14 noyabr kuni Qatar bilan, 19 noyabrda esa KXDR bilan rasmiy uchrashuvlar kutib turibdi. 

"Paxtakor" va "Nasaf" klublari Superligadan tashqari CHempionlar ligasida ham ishtirok etmoqda. Ularning xalqaro o'yinlaridan kelib chiqib, Liga Superliga 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" — "So'g'diyona" hamda "Navbahor" — "Paxtakor" bellashuvlarini 10 noyabrga tayin qilgandi. Milliy terma jamoa Qatarga ertaroq uchishni o'z rejasiga kiritgani uchun O'FA Superliganing mazkur o'yinlarini 9 noyabr kuni o'tkazish taklifi bilan chiqdi. 

Mazkur taklifga 5 noyabr sanasida "Al-Rayyan" klubini qabul qilayotgan "Paxtakor" rozilik berdi. 6 noyabr kuni Qarshida "Al-Xusayn" jamoasini qabul qiladigan "Nasaf" esa har ikki uchrashuv orasidagi farq juda qisqa ekani sababli Superliga bellashuvini 10 noyabr kunida qoldirishni maqsadga muvofiq deb hisobladi.

Namangandagi markaziy o'yin 9 noyabr kuniga o'zgartirilganidan kelib chiqib, endilikda "Andijon" — "Qizilqum" bellashuvi 10-noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика