So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  6

"Navbahor" uydagi mag'lubiyatsiz seriyasini bugun ham davom ettira oladimi? Yangiliklar

"Navbahor" uydagi mag'lubiyatsiz seriyasini bugun ham davom ettira oladimi?

Bugun "Navbahor" oliy liganing navbatdagi tur bahsini o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi. Namangandagi markaziy stadionda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda.

Turnir jadvalida "Buxoro" 5-o'rinni, "Navbahor" esa 7-o'rinni egallab turibdi. Ochkolar orasidagi farq 6ta tashkil etadi, chunki "Navbahor" 36, "Buxoro" esa 42 ochko jamg'argan. 

Bugungi o'yinni yosh murabbiylarning o'zaro bahsi desak ham bo'ladi. Negaki Ilhom Mo'minjonov ham, Ulug'bek Baqoev ham yosh murabbiylardan va ularning futbolchilarni mazkur to'qnashuvga qanday tayyorlagani qiziq ko'rinishi shubhasiz. Bu o'yin yana shunisi bilan muhimki, "Navbahor" uydagi mag'lubiyatsiz seriyasini bu gal ham davom ettira oladimi savoliga javob olamiz. 

Malumki, "Navbahor" oliy liga klublari orasida o'z maydonida hali yutqazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Namanganliklar uyda shu paytgacha 12ta uchrashuvda maydonga tushib, etti bor zafar quchishgan va besh marta durang o'ynashgan. To'plar nisbati 18-10. 

Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi ikki o'yinda gol urolmasdan mag'lub bo'ldi. Jamoa "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahslarda bir xil 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Umuman olganda, "Navbahor" ikkinchi davrada hozirgacha beshta o'yinda zafar quchgan bo'lsa, shundan to'rttasi uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Jamoa Namanganda "Qizilqum", "Dinamo", "Metallurg" va "Paxtakor" klublaridan ustun kelgan. 

"Buxoro"ga kelsak, ikkinchi davraning ketma-ket 9ta uchrashuvida mag'lub bo'lmagan jamoa o'tgan turda o'z maydonida yutqazib qo'ydi. "Buxoro" uyda "Paxtakor" qarshiligini enga olmadi. Lekin shuni aytish kerak, "Buxoro" ikkinchi davrada hali safar o'yinlarida mag'lubiyatga uchragani yo'q. 

Bilasizmi? Ikkinchi davra boshlanganidan beri "Buxoro" safarda beshta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan uchtasida zafar quchdi va ikki bor durang o'ynadi. "Buxoro" bungacha safar bellashuvlarida "Obod", "Neftchi" va "SHo'rtan"dan ustun kelib, "Mashal" va "Olmaliq" bilan durang qayd etdi. 

Fakt: "Buxoro" oxirgi marta oliy liganing 12-turida safarda mag'lub bo'lgan. Jamoa Qo'qonda 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика