"Navbahor" Turkiyadagi ilk bahsda g'alaba qozondi
08 fev 2019 16:47
Yangiliklar
"Navbahor" Turkiyadagi ilk bahsda g'alaba qozondi
Mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat-sinov bahsida "lochinlar" Ruminiyaning “Universitatya - Kluj” klubiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol uchrashuvning 30-daqiqasida penaltidan urildi. O'n bir metrlik jarima zarbasini serbiyalik himoyachi Slavko Lukich aniq amalga oshirdi.
Mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: O'tkir Yusupov, Igor Golban, Hojiakbar Yunusov, Jahongir Mehmonov, Slavko Lukich, Abdujamol Isroilov, SHahzod SHaymanov, Abbos G'ulomov, Ivan Solovyov, Zafar To'raev, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Obid Jo'raboev, G'iyos Komilov, Bahodir Nasimov, Kamron Najafaliev, Jasur Azimov.
Ushbu bahsning 66-daqiqasida Abdujamol Isroilov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada "Navbahora" vakillari maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi. SHunday bo'lsa-da, “lochinlar” g'alabani saqlab qolishning uddasidan chiqishdi.
“Navbahor” Antaliyada yana 2 ta nazorat-sinov uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. “Lochinlar”ning keyingi raqiblari SHveycariya va Turkiya jamoalari bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar