So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

"Navbahor" Turkiyada Qozog'iston klubiga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Navbahor" Turkiyada Qozog'iston klubiga mag'lub bo'ldi

Teglar :  NavbahorOrdabasi
Ayni paytda o'z o'quv – mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan “Navbahor” mazkur mamlakatdagi yig'in doirasidagi ilk o'rtoqlik bahsini 6 fevral kuni Qozog'iston Premer-ligasi vakili “Ordabasi” (CHimkent) jamoasiga qarshi olib bordi.

Keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvning 1-bo'limida chimkentliklar Mirzad Mexanovichning golidan so'ng, hisobni ochib, tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda “Ordabasi” azosi Sergey Xijnichenko jamoasining navbatdagi hujumini samarali tarzda yakunlab, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

SHundan so'ng, o'yinda burilish yasash maqsadida, jamoamiz azolari hujum suratini oshirishdi.Bu esa navbatdagi hujum paytida o'z samarasini berib, chimkentliklar o'z jarima maydonchalari ichida o'yin qoidasini buzishdi. Natijada uchrashuv bosh hakami “Ordabasi” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini zaxiradan maydonga tushirilgan Sardor Telyakov aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni qisqartirdi – 2:1.

“Lochinlar” o'yin so'nggiga qadar, muvozanatni tiklashga harakat qilishdi. Ammo hujumlar o'z yakuniga etmadi. Natijada mazkur uchrashuvda chimkentliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Takidlash joizki, ushbu bahsda jamoamiz murabbiylari futbolchilarning jismoniy holatlarini sinovdan o'tkazib olishdi.

SHu bois, mazkur mag'lubiyatdan fojia yasamaslik kerak. Zero, shunday nazorat-sinov o'yinlari orqali futbolchilar yangi mavsum boshlanguniga qadar, sport formalarini sekin –asta tiklab olishadi.

Belek shahrida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi No'mon Hasanov maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G'ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Ivan Solovyov, Islom Isoqjonov, Marko Putinkanin, Bahrom Abdurahimov, Quvondiq Ro'ziev, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Nikola Tasich, Abbos G'ulomov, SHerzod G'ulomjonov, Farhod Mirahmatov, Sardor Telyakov, SHahzod Hamidov, Ilhom Aliboev, Husayn Ergashboev.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Foto: "Ordabasi" matbuot xizmati





Reklama







Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика