So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  4 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

"Navbahor": Toshkentda “Nasaf” bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Navbahor": Toshkentda “Nasaf” bilan o'ynaymiz

Teglar :  Navbahor
2016 yilgi mavsumga hozirlik ko'rayotgan "Navbahor" tarkibida ko'plab futbolchilar ko'rikdan o'tayotganligi sababli, murabbiylar shtabi bugun ham ikki tomonlamali nazorat o'yinini tashkil qilishga qaror qilishdi.

Bahs davomida barcha futbolchilarning harakatini kuzatayotgan murabbiylar jamoada qoladigan futbolchilar nomiga oydinlik kiritishmoqda. “Dinamo”  o'yingohida bo'lib o'tgan o'yindagi hisobni “oqlar” vakili Abduaziz Sultonov ochgan bo'lsada, ushbu jamoa azolari g'alabali hisobni saqlab qola bilishmadi. Dastlab Timur Ayupov penaltidan samarali foydalanib o'rtadagi muvozanatni tiklagan bo'lsa Mo'ydin Mamazulumovning aniq zarbasi esa “qizillar”ning g'alabasiga zamin yaratdi. Uchrashuvda jamoalar tarkibi qo'yidagicha bo'ldi.

Qizillar: Muzaffar To'xtasinov, Obid Jo'raboev, Dilshod Jabbrov, Qahramon Mahammadjonov, Botir To'raboev, Alisher Mahmudov, Akram Bahriddinov, Aziz Turg'unboev, Azam Aliev, Mo'ydin Mamazulumov, Timur Ayupov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Telyakov, Soxib Abdullaev, Dilshod Nazirov, Otabek Valijonov.
Oqlar: Amir Ergashev, Aziz Mamazoitov, Mirzohid Sobirov, Hojiakbar Yunusov, Aziz Umarov, Zokir Nurmatov, Doniyor Inamov, Akbarsho Rashidxanov, Otabek Valijonov, G'ayrat Jo'raev, Abduaziz Sultanov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Muxammad Rasulov, G'ayrat Jo'raev, Omon-Biik Halilov, Bilol SHarofiddinov, Botir Karimjonov, Muhammadrizo To'raev, Islom Jo'raev, Jamol Abdujjabarov, Farhod SHokirov.

Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoamizning Namangandagi yig'ini 15 yanvarga qadar davom etadi. Yig'in yakuniga qadar esa ko'rikdan o'tayotgan futbolchilardan kimlarni jamoada qolishi yoki aksincha “Navbahor” lagerini tark etadiganlar nomiga oydinlik kiritiladi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi esa Toshkentda bo'lib o'tadi. Poytaxt yig'ini chog'ida jamoamiz nazorat o'yinlarida ham maydonga tushishni rejalashtirgan. Ana shunday uchrashuvlardan biri 17 yanvar kuni Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o'tkaziladi. Jamoamizning boshqa o'yinlardagi raqiblari nomiga esa keyinroq oydinlik kiritiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика