So’nggi yangiliklar

13:03"Машъал" ва "Қўқон-1912" собиқ футболчиси ҳалок бўлди  0 12:35U-17 Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон Австралия ва Ҳиндистон билан бир гуруҳда  6 12:24"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда  9 11:53"Мақсадим — аёллар футболи ривожига ҳисса қўшиш" — Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи Котрина Кулбите  0 11:27"Бунёдкор" ФК: "Муроджон Алиев одатий кун тартибида фаолият юритмоқда"   2 11:16"Динамо" Кингсли Сарфо бўйича баёнот берди  3 10:25Асрор Алиқулов: "Мақсадимиз "Шўртан"ни Суперлигага қайтариш. Легионерлар жамоамизга ёрдам беришига умид қиламиз"  4 09:55Италия Кубоги. "Лацио" амалдаги соврин эгасини мусобақадан чиқариб юборди  0 09:23Бугун U-17 Осиё Кубогига қуръа ташланади  1 09:15"Ноттингем Форест" бош мураббий Шон Дайчни истеъфога чиқарди  0 08:55"Шўртан" таркибига 4 нафар легионер қўшилди  4 08:25"Йиғиндаги ғалабалар мени хурсанд қилмайди" – Вадим Абрамов "Пюник" мағлуб этилгани ва тайёргарлик ҳақида  6 08:00Эшитдик-да! "Бунёдкор" март ойида уйда ўйнамаслиги мумкин  3 07:24"Шўртан" назорат учрашувида "Локомотив" ўринбосарларини енгди  0 03:30Буффон ва Доннарума дарвозаларига гол урган ҳамда Ўзбекистонга қарши ўйнаган "Нефтчи"нинг янги легионери билан танишамиз  11

"Navbahor": Tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

"Navbahor": Tayyorgarlik boshlandi

Teglar :  Navbahor
Bundan biroz vaqt oldin jamoamiz azolari davralar oralig'idagi dastlabki yig'inni yakunlashdi.

Ravshan Bozorov boshchiligidagi dastlabki mashg'ulotda jamoa tarkibida mavsum birinchi yarmini “Norin”da o'tkazgan Artur Parvanov, Murod To'ychiboev va Vladislav Aleksinlar ham shug'ullanishdi. Dastlabki kungi mashg'ulotlarda turli sabablarga ko'ra birinchi davrani “Navbahor”da o'tkazgan futbolchilar ishtirok etishmadi. Ularni jamoa safiga poytaxt yig'ini chog'ida qo'shilishlari kutilmoqda.

“Navbahor” ertaga ham Namanganda mashg'ulot o'tkazadi. Yangi hafta boshida jamoamiz azolari Toshkent viloyatining tog'li xududiga yo'l olishadi. Bir haftalik yig'in davomida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratiladi.  Bir haftalik yig'in yakuniga etgach, jamoa azolariga qisqa muddatlik dam olish elon qilinadi. 20 iyuldan jamoa azolari tayyorgarlikning asosiy qismini o'tash maqsadida Toshkentda to'planishadi. Poytaxt yig'ini davomida nazorat uchrashuvlarini o'tkazish ham rejalashtirilgan.

Davralar oralig'ida tarkibda bir qator o'zgarishlarni ro'y berishini aytib o'tish mumkin. Bu borada bosh murabbiy Ravshan Bozorov quyidagilarni malum qildi: - Bugun jamoa safiga “Norin”dan taklif etilgan Artur Parvanov, Murod To'ychiboev va Vladislav Aleksinlar qo'shilishdi. Ayni paytda tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. O'zaro kelishuvga erishilgan futbolchilarni jamoamiz safiga Toshkent viloyatidagi yig'inda qo'shilishi ko'zda tutilgan. Kelishuv borasida bir to'xtamga kelganimizdan keyin jamoa tarkibiga qo'shiladigan o'yinchilar haqida malumot bersak to'g'riroq bo'lardi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика